Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Belarusga neft yetkazib berishni boshladi
AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuvida Qo‘shma Shtatlar Belarus mustaqilligini qo‘llab-quvvatlashini va energiya resurslari borasida hamkorlik qilishga tayyorligini aytgandi.
Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey respublikaga AQShdan neft yetkazib berish boshlanganini ma'lum qildi.
"AQShdan Belarusga neft yetkazib berish boshlanganini mamnuniyat bilan tasdiqlayman. Bu 2020 yil 1 fevralda AQSh davlat kotibi Maykl Pompeoning Belarus Respublikasiga tashrifi va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuvi natijasidir", - deyiladi Makeyning bayonotida.
Makey shuningdek, Belarus ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha Amerika tomoni bilan ish olib borayotganini ma'lum qildi.
"Belneftexim" konserni matbuot kotibi Aleksandr Tishchenkoning aytishicha, neft ortilgan birinchi tanker AQShdan Klaypeda (Litva) portiga iyun boshida yetib keladi.
Uning aniqlik kiritishicha, sig‘imi 80 ming tonna bo‘lgan tankerga Bakken navli neft ortilgan.
Tanker Klaypeda portiga yetib kelganidan keyin neft temir yo‘l orqali Novopolotskdagi "Naftan"neftni qayta ishlash zavodiga keltiriladi.
AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuvida Qo‘shma Shtatlar Belarus mustaqilligini qo‘llab-quvvatlashini va energiya resurslari borasida hamkorlik qilishga tayyorligini aytgandi.
"AQSh Belarusga o‘z suveren davlatini tashkil qilishiga yordam bermoqchi. Energiya resurslari ishlab chiqaruvchilarimiz sizlarni zarur neft bilan raqobat narxlarida yuz foizga ta'minlashga tayyor. Bizni chaqirsangiz bas!" – degandi Pompeo.