Qozog‘iston O‘zbekiston bilan transchegaraviy suvlarni boshqarish to‘g‘risidagi kelishuv loyihasini taqdim etdi
Qozog‘iston O‘zbekiston bilan transchegaraviy suv obektlarini boshqarish, foydalanish va qo‘riqlash to‘g‘risidagi kelishuv loyihasini taqdim etdi.
Ushbu kelishuv loyihasidan ko‘zda tutilgan maqsad transchegaraviy ta'sirlarning oldini olish, cheklash va kamaytirish, transchegaraviy suv obektlarini birgalikda boshqarish, oqilona foydalanish ekanligi aytilgan.
Kelishuv loyihasiga ko‘ra, “tomonlar transchegaraviy suv obektlari va suv xo‘jaligi inshootlarini boshqarish, foydalanish va qo‘riqlashda yaqindan hamkorlik qiladi”.
Tomonlar ushbu maqsadda:
– suv resurslarining suv xo‘jaligi inshootlariga taqsimlanishini ta'minlaydi;
– hamkorlikda transchegaraviy suv obektlari va suv xo‘jaliklarida suv miqdorini avtomatik hisoblash tizimini yaratadi;
– suv xo‘jaligi inshootlarini rekonstruksiya, ekspluatatsiya qilish va ta'mirlash-ekspluatatsiya ishlari, texnik xizmatlarni moliyalashtirish masalalari bo‘yicha hamkorlik qiladi;
– transchegaraviy suv obektlaridan foydalanish va qo‘riqlash bo‘yicha monitoringni amalga oshiradi;
– transchegaraviy suv obektlarida yangi suv xo‘jaligi inshootlari qurilishini kelishib oladi;
Hujjatda ko‘rsatilishicha, tomonlar transchegaraviy suv obektlariga nisbatan teng huquqqa ega va ulardan boshqa tarafga zarar yetkazmagan holda foydalanadi.
Eslatib o‘tamiz, 1 may kuni O‘zbekistonning Sirdaryo viloyati hududidagi Sardoba suv omborida to‘g‘on devori buzilishi oqibatida 276 kvadrat kilometrdan ortiq maydon suv ostida qoldi, shundan 76 kv.km. maydon Qozog‘iston hududida joylashgan.
Qozog‘iston hududida 10ta aholi punkti suv toshqinidan jabrlandi, 30 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilindi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu hodisa oqibatida ko‘rilgan zarar miqdori 404 million tenge atrofida.
Mavzuga oid
17:43
Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida yuzlab yuk mashinalari to‘planib qoldi
16:33
O‘zbek ayollarini haqoratlagan turkiyalik stendapchi: unga qarshi Istanbul prokuraturasiga ariza topshirilgan
12:47 / 22.11.2024
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obektlari xavfsizligini kuchaytirdi
16:29 / 19.11.2024