Abdulla Aripov va Askar Mamin Mirzakentda aholi vakillari bilan uçraşib, yangi mikrorayon qurilişi rejasi bilan tanişib, birinçi turarjoy binolarining poydevorini qöyiş marosimida iştirok etdi.

Boş vazirlar Maqtaaraldagi Nurlijöl, Orgebas va Firdavsiy va Janajöl qişloq okruglarida ham bölib, suv toşqini oqibatlarini bartaraf etiş böyiça amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişgan.

Avariya-qutqaruv va keçiktirib bölmas işlarda 1300 dan ziyod kişi va 220 dona texnika, jumladan, Özbekistondan 200 nafardan ziyod mutaxassis va 100 taga yaqin öt öçiriş maşinalari, ekskvatorlar, traktorlar, suv nasoslari hamda boşqa texnik vositalar faoliyat körsatmoqda.

Mirzakent posyolkasida toşqindan jabr körgan Zenis, Janaturmis va Dostik aholi punktlarida 500 oilalar uçun yakka tartibdagi turarjoylar, maktab, bolalar boğçasi va örta tibbiyot markazlarini quriş rejalaştirilgan. Quriliş işlari Qozoğiston  va Özbekiston mutaxassislari tomonidan birgalikda amalga oşiriladi.

Mamin va Aripov Firdavsiy qişloğida vayron bölgan uylarni tiklaş işlari bilan tanişib, mahalliy aholi vakillari bilan uçraşgan.

Mamin davlat rahbari topşiriği bilan Turkiston viloyatining Maqtaaral tumanida suv toşqinidan jabrlanganlarga yangi uylar qurib berilişi yoki uylari butunlay ta'mirlab berilişini ma'lum qilgan. Şuningdek, har bir oila respublika budjetidan 100 ming tenge oladi. Şuningdek, jabrlanuvçilarga işbilarmonlar doirasi vakillari tomonidan homiylik yordamlari körsatiladi.

Eslatib ötamiz, 1 may kuni Özbekistonning Sirdaryo viloyati hududidagi Sardoba suv omborida töğon devori buzilişi oqibatida 276 kvadrat kilometrdan ortiq maydon suv ostida qoldi, şundan 76 km.kv maydon Qozoğiston hududida joylaşgan. Qozoğiston hududida 10ta aholi punkti suv toşqinidan jabrlandi, 30 mingdan ortiq kişi evakuatsiya qilindi. Dastlabki ma'lumotlarga köra, uşbu hodisa oqibatida körilgan zarar miqdori 404 million tenge atrofida.