Qarşi tuman ma'muriy sudida paxta-töqimaçilikka ixtisoslaşgan «SULTON TEX GROUP» klasterining tuman hokimligi bilan sudlaşuv jarayoni nihoyasiga yetdi. Sud klasterning da'volarini qisman qanoatlantirdi.

Hokimlik tumandagi 500dan ziyod fermerlarga klaster bilan işlaşni taqiqlab, sud qarori bilan noqonuniy tuzilgan deb topilgan «SILVER FIBER AGRO KOOPERATSIYASI» MÇJ (27 aprelda tuman DXMdan röyxatdan ötgan) bilan şartnoma tuzişga majburlagaç, fermerlarning katta qismi qiyinçiliklarga duçor bölişgan.

Öz-özidan, «SILVER FIBER AGRO KOOPERATSIYASI» MÇJning birorta texnikasi yöq, fermerlarga paxta parvarişidagi agrotexnik tadbirlarda yordam bera olmaydi, fermerlar işlar keçikayotganidan şikoyat qilişmoqda.

Boz ustiga, ularning plastik kartoçkalaridagi pullari hokimlikdagi rahbarlarning buyruği bilan noqonuniy tuzilgan «SILVER FIBER AGRO KOOPERATSIYASI» MÇJ hisob raqamiga ötkazib yuborilmoqda.

Qarşi tumanidagi bir qator fermerlar paxtani kultivatsiya qiliş uçun texnika topolmayotganidan, paxta parvarişidagi agrotexnik tadbirlar bajarilmay qolayotganidan şikoyat qilişmoqda.

Fermerlarning juda köpçiligi tuman hokimligi köziga yomon körinib qoliş va yeridan ajralib qolişdan çöçişgani uçun intervyuga rozilik bermay turişibdi.

Kun.uz muxbiri Şuhrat Şokirjonov Qarşi tumanidagi jur'atliroq fermerlardan ayrimlari bilan suhbatlaşdi.

«Klaster bilan şartnomamni buzişga heç kimning haqi yöq»

«Anzirat» fermer xöjaligida 7 gektar maydonda paxta yetiştirayotgan Anzirat Qobilova advokat bilan gaplaşilganda, u yil boşida klaster bilan tuzgan şartnomasi böyiça işlaşda davom etişga qaror qilganini bildirib ötdi.

Anzirat Qobilova

«1998 yildan buyon fermerlik qilaman. 60 yoşga kirdim. Umrimning 22 yili dalada ötdi. Klaster tuzilganida boşida biz tuşunmasdan juda çöçidik, lekin bir yil işlab bildikki, juda yaxşi iş taşkil qilingan ekan. Hamma texnikalari bor ekan. Biz faqat dalada işladik. Dori, kultivatsiya, yoqilği, öğit, kimyoviy moddalar doim tayyor.