Özbekistonda endi yuqori reytingdagi fermerlarga yer soliği 3 barobar, fermerlar kengaşiga tölanadigan badal 2 karra kamaytiriladi. Bu haqda Şavkat Mirziyoyev 17 mart kuni içimlik suvi va issiqlik ta’minoti, mahallalar obodligi va qişloq xöjaligi bilan boğliq masalalar böyiça videoselektor yiğilişida ma’lum qildi.

Hozirda 93 mingdan ziyod fermerlar faoliyati tadbirkorlik reytingi orqali baholanyapti. Endi bu reyting hosildorlik, işçi soni, mahsulot hajmi kabi mezonlar böyiça alohida bölişi ma’lum qilindi.
Yuqori reytingdagi fermerlarga kreditni qaytmaslik xavfini suğurtalaş talabi bekor böladi. Yer soliği 3 barobar, fermerlar kengaşiga tölanadigan badal 2 karra kamaytiriladi. Paxta va ğallada me’yordan köp hosil olganlarga 25 foizgaça yerida çorva ozuqasi, sabzavot, dukkakli va boşqa ekinlarni almaşlab ekişga ruxsat beriladi.
Prezident farmoyişi bilan e’lon qilingan dolzarb bir oylik doirasida mahallalarda olib borilayotgan dehqonçilik va obodonlaştiriş işlari haqida axborot berildi.

Bahorda 125 million tup köçat ekilişi möljallangan. Bunda ekin joylarini töğri tanlaş, suğorişni yaxşilaş muhim ekani ta’kidlandi. Jumladan, suv ta’minoti oğir mahallalarda geomembrana qoplamali hovuzlar barpo etiladi.
Ötgan yili tajriba tarzida 208 ta mahallada “mahalla-servis” kompaniyalari taşkil qilinib, aholiga 23 turdagi xizmatlar körsatiş yölga qöyilgan edi. Endi bu tizim kengaytirilib, yana mingta şunday kompaniya tuziladi. Xizmatlar turi ham kamida 30 taga yetkaziladi. Xitoy tajribasi asosida 5 ming kişi mahallaga xizmat körsatiş böyiça öqitiladi va 15 ming aholining bandligi ta’minlanadi.

Bu yildan 208 ta tuman va şahar obodonlaştiriş bölimlari tarkibida içki yöllarni saqlaş uçastkalari taşkil qilindi. Ularga qöşimça 5 turdagi maxsus texnika sotib oliş uçun 700 milliard söm ajratildi. Mutasaddilarga içki yöllarni ta’mirlaş, mahallalarda energiya ta’minotini yaxşilaş böyiça topşiriqlar berildi.










