Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Rossiya bilan munosabatlar yaxshilanishi uchun shartini aytdi
Vladimir Zelenskiy Qrim yana Ukrainaning bir bo‘lagiga aylanishiga ishonch bildirdi.
Foto: TASS
Moskva va Kiyev o‘rtasidagi avvalgi munosabatlarni tiklash vaqti noaniq, ammo Qrim Ukrainaga qaytarilmas ekan, ikki xalq orasida aloqalar o‘rnatilishi imkonsiz. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ma'lum qildi.
"Qrim qaytarilmagunicha ukrain va rus xalqlari, kelgusi avlod uchun birlashish, do‘stona munosabat o‘rnatish imkoniyati bo‘lmaydi", - dedi u "Ukrainskaya pravda" nashriga bergan intervyusida.
Zelenskiyning fikricha, "bir necha yildan so‘ng Rossiya xalqi Qrim bilan bo‘lgan holat uchun uyaladi". U shuningdek, Qrim yana Ukrainaning bir bo‘lagiga aylanishiga ishonch bildirdi.
"Ilgarigi munosabatlarni qaytarish uchun necha yil kerak bo‘lishini bilmayman. Menda bu savolga javob yo‘q", - dedi u.
Qrim va Sevastopol 2014 yil martda referendum natijasiga ko‘ra Rossiya tarkibiga kirgandi.
Mavzuga oid
15:08 / 17.01.2026
Ukraina sudi Timoshenko uchun 661 ming yevro garov belgiladi
14:28 / 17.01.2026
Shmixal: Ukrainada Rossiya zarbalaridan zarar ko‘rmagan elektr stansiyalari qolmadi
13:17 / 17.01.2026
Zelenskiy: Ukraina delegatsiyasi AQShga yo‘l oldi
12:17 / 17.01.2026