Joriy yilning 27 aprelidan 28 apreliga ötar keçasi Buxoro va Navoiy viloyatlarida kuzatilgan kuçli şamol natijasida qator issiqxona komplekslari va bir neça suğurta obektlariga jiddiy zarar yetdi. Bunda «UNIVERSAL SUG’URTA» AJ tomonidan suğurta himoyasiga olingan obektlar böyiça umumiy zarar miqdori 336,61 mln sömni taşkil qildi.




Hodisa oqibatlarini bartaraf etiş böyiça tezkor çora-tadbirlar natijasida hududdagi umumiy holat, zararlaniş xarakteri örganildi va zarar körgan barça suğurta obektlariga, suğurta tölovlarini qoplaş qiymati 141,83 mln sömni taşkil qildi.



1 may kuni Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida damba öpirilişi natijasida «UNIVERSAL SUG’URTA» AJ tomonidan suğurta himoyasiga olingan, aholi turar uy-joy binosiga qisman zarar yetgan bölib, umumiy yetkazilgan zarar miqdori 20,48 mln söm ekanligi ma'lum böldi.



Bu yerda ham hodisa oqibatlarini bartaraf etiş böyiça körilgan tezkor çora-tadbirlar natijasida, joydagi umumiy holat, zararlaniş xarakteri örganib çiqildi va suğurta obektiga yetgan zarar böyiça suğurta qoplamasi miqdori 100 % (foizni), ya'ni 20,48 mln sömni taşkil qildi.


Umuman olganda, 2020 yilning I çoragida «UNIVERSAL SUG’URTA» AJ tomonidan suğurta holatlari böyiça 200 dan ortiq murojaatlar örganildi va jami suğurta qoplamalar miqdori 1 536,40 mln sömni taşkil qildi. Bundan 1 086,40 mln söm ixtiyoriy suğurta turlari böyiça va 450,00 mln söm majburiy suğurta turlari böyiça amalga oşirilgan.
Reklama huquqi asosida









