Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen Inning singlisi Janubiy Koreya bilan munosabatlarni uzish vaqti kelganini aytdi
Avvalroq Koreya mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasining yagona front bo‘limi mudiri Chjan Gim Chxol KXDR Koreya Respublikasiga nisbatan ishonchni yo‘qotganligini aytgandi.
Foto: AP
Koreya mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi bo‘limi mudirining o‘rinbosari, KXDR yetakchisi Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjon Pxenyan yaqin vaqt ichida Janubiy Koreyaga nisbatan "navbatdagi qadam"ni qabul qilishini aytdi.
"Shubhasiz, Janubiy Koreya tomoni bilan munosabatlarni uzish vaqti keldi deb o‘ylayman. Yaqin vaqt ichida Seulga nisbatan navbatdagi qadamni qabul qilamiz. Oliy rahbar, partiyamiz va davlatimiz bergan vakolatdan foydalanib, dushman bilan munosabatlar bo‘limiga navbatdagi qadamni qabul qilish bo‘yicha topshiriq berdim", dedi u.
Kim Yo Chjon shuningdek, navbatdagi harakatlar bo‘yicha qaror qabul qilish Koreya xalq armiyasining bosh shtabi zimmasiga yuklatilishini qayd etdi.
Avvalroq Koreya markaziy telegraf agentligi Koreya mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasining yagona front bo‘limi mudiri Chjan Gim Chxolning bayonotini e'lon qilgandi. Bayonotda KXDR Koreya Respublikasiga nisbatan ishonchni yo‘qotganligi aytilgandi.
KXDR 9 iyundan buyon Janubiy Koreya bilan barcha aloqa kanallarini uzib qo‘ygan. Bunga Janubiy Koreyaning Shimolga tashviqot varaqalari jo‘natganligi sabab bo‘lganligi aytildi.
Mavzuga oid
13:42 / 16.01.2026
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti besh yilga qamaldi
23:02 / 13.01.2026
Prokurorlar Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun uchun o‘lim jazosini so‘radi
16:33 / 06.01.2026
«Rasm sifati yaxshi, to‘g‘rimi?» - Li Xitoy bilan munosabatlarni tiklashga urinmoqda
11:34 / 29.12.2025