Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistonda jangarilar fond birjasiga hujum uyushtirdi
Terrorchilar bino ichiga avtomobillar turargohi orqali kirishga uringan. Buning iloji bo‘lmagach, ular o‘t ochishgan va bir nechta granata portlatishgan.
29 iyun kuni Pokistonning Karachi shahridagi fond birjasiga jangarilar tomonidan hujum uyushtirildi. Geo News telekanalining xabar berishicha, hujum qilgan to‘rt nafar terrorchining barchasi o‘ldirilgan. Bundan tashqari, to‘rt nafar qo‘riqchi va bir nafar politsiyachi halok bo‘lgan. Ikki kishi jarohatlangan.
Terrorchilar bino ichiga avtomobillar turargohi orqali kirishga uringan. Buning iloji bo‘lmagach, ular o‘t ochishgan va bir nechta granata portlatishgan.
Hozircha hududdagi hech qaysi terrorchi guruh hujum uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi.
Pokistonda eng yirik terrorchilik hujumlaridan biri 2016 yil yanvarda sodir bo‘lgandi. O‘shanda bir necha qurolli jangari Chorsadda shahridagi universitet yotoqxonasiga hujum qilgandi. Hujum oqibatida 20 kishi, jumladan, talabalar, o‘qituvchilar, qo‘riqchilar, politsiya xodimi va terrorchilarning o‘zlari halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:36 / 25.05.2026