«Bugun yuqumli kasalliklar tarqalişining oldini oliş borasidagi işlarni rivojlantirişga xizmat qiluvçi yana bir quvonçli hodisa sifatida yurtimizga xorijda işlab çiqarilgan 15ta maxsus zamonaviy reanimobillarning olib kelinganini aytişimiz mumkin.
Ta'kidlaş joizki, uç oydan köp vaqt davomida yurtimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar davolanayotgan tibbiyot muassasalari barça kerakli jihozlar bilan ta'minlangan.
Keltirilgan yangi maxsus reanimobillar esa bemorlarni transportirovka qiliş sohasidagi kamçiliklarni töliq bartaraf qilişda muhim omil bölib xizmat qiladi.
E'tiborli jihati, uşbu reanimobillar defibrillyator, EKG va sun'iy nafas beriş apparatlari, dori-darmonlar kabi barça kerakli vositalar bilan jihozlangan bölib, bemorni bir manzildan tibbiyot muassasasiga yetkazib borgunça uning hayotini saqlab qoliş imkoniyatini beradi.
Şuningdek, bemorlarni taşişda tibbiyot xodimlarining xavfsizligini ta'minlaş maqsadida reanimobillar biobokslar bilan ta'minlangan. Uşbu maxsus nasilkaning ustiga qilingan qoplamada darçalar bölib, ular orqali tibbiyot xodimi bemorga bemalol muolajalar ötkazişi mumkin», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.
Eslatib ötamiz, 2017-2018 yillar mobaynida Özbekiston tarixida birinçi marta tez tibbiy yordam xizmati uçun 1500ta yangi ixtisoslaşgan avtomaşinalar xarid qilingandi.
Joriy yilning yanvarida esa Toşkent şahridagi tez tibbiy yordam xizmati uçun xorijdan keltirilgan 150ta Ford rusumidagi eng zamonaviy reanimobillar topşirilgandi.











