Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armaniston mudofaa vazirligi Ozarboyjon tomoni yana o‘t ochganini xabar qildi
Dushanba kuni Ozarboyjon qurolli kuchlari Armaniston harbiylari pozitsiyalarini yana o‘qqa tutdi, deb ma'lum qildi Armaniston mudofaa vazirligi matbuot kotibi Shushan Stepanyan.
Foto: RIA Novosti
"Ikki-uch soatlik tanaffusdan so‘ng raqib Armaniston qurolli kuchlari pozitsiyalariga yana o‘t ochdi. Armaniston tomoni tegishli javob qaytardi. Raqib tomonidan yo‘qotishlar oshishi mumkinligi istisno etilmaydi", - deb yozdi Stepanyan o‘zining feysbukdagi sahifasida.
Yakshanba kuni Boku va Yerevan bir-birini o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzish va artilleriyadan foydalanishda ayblagandi.
Ozarboyjon mudofaa vazirligining ta'kidlashicha, Armaniston qurolli kuchlari bo‘linmalari Tovuz tumanida Ozarboyjon pozitsiyalarini artilleriya qurilmalaridan o‘qqa tutgan.
O‘z navbatida Armaniston tomoni Ozarboyjonni chegarani buzishga urinishda aybladi.
“Ozarboyjon qurolli kuchlari xizmatchilari bizga tushunarsiz sabablarga ko‘ra UAZ avtomobilida Tovuz yo‘nalishida davlat chegarasini buzishga urinish amalga oshirdi. Armaniston tomonining ogohlantirishidan keyin raqib harbiylari avtomobilni tashlab, o‘z pozitsiyalariga qaytgan”, deyiladi Armaniston mudofaa vazirligi xabarida.
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Armaniston bilan chegaradagi vaziyat bois mamlakat xavfsizlik kengashining yig‘ilishini o‘tkazdi, deb xabar bermoqda respublika prezidenti matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, yig‘ilish yopiq rejimda o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
10:19 / 22.04.2026
Markaziy Osiyo va Ozarboyjon yetakchi ayollari ustuvor vazifalarni muhokama qildi
22:26 / 20.04.2026
Armanistonda 10 tonnaga yaqin Nestle bolalar ozuqasi yo‘q qilindi
19:20 / 15.04.2026
Rossiya va Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati oqibatlari «hal etilganini» e’lon qildi
19:05 / 14.03.2026