Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tibbiyot xodimlari bir martalik himoya kiyimlarini yuvib qaytadan ishlatayotgani, bunga ajratilgan pullar o‘zlashtirib yuborilgani rad etildi
Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov tibbiyot xodimlari bir martalik himoya kiyimlarini yuvib qaytadan ishlatayotgani, bunga ajratilgan pullar o‘zlashtirib yuborilganini rad etdi.
«Koronavirus kasalligiga chalingan bemorlar bilan bevosita ishlayotgan, ularni davolash jarayonida qatnashayotgan tibbiyot xodimlari, kasallik bilan zararlanganlarni tashish bilan shug‘ullanadigan tez tibbiy yordam xizmati xodimlari va haydovchilari, bemorlar bilan muloqotda bo‘ladigan shaxslardan tahlil uchun namunalar olishga ixtisoslashgan soha vakillari – barcha-barchasi maxsus himoya kiyimlari va tibbiy niqoblar bilan faoliyat yuritmoqda. Hech kim ularni bir martalik himoya kiyimini qayta kiyishga majburlayotgani yo‘q.
Tibbiyot xodimlari bir martalik himoya kiyimlarini yuvib qaytadan ishlatishayapti degan fikr bo‘lishi kerak emas. Negaki bugungi kunda ular ushbu bir martalik himoya kiyimlari va gigiyena vositalari bilan yetarlicha ta'minlangan bo‘lib, bu borada tanqislik ham mavjud emas. Boshqa bir davlatlardan farqli o‘laroq O‘zbekiston sharoitida barcha turdagi himoya vositalarini yetarli miqdorda ishlab chiqarish imkoniyati mavjud. Shuning uchun bu kiyimlar har kuni yoki belgilangan vaqtda almashtiriladi. Ularni yuvib, qaytadan ishlatish holatlari yo‘q.
Qolaversa, himoya kiyimlari uchun ajratilgan mablag‘larni kimlardir o‘zlashtirib yubordi degan gumonlarni aytishdan avval o‘sha joyda ishlayotgan mutaxassislardan bunga aniqlik kiritish, ularni ham eshitish kerak, nazarimizda. Bemorga yordam ko‘rsatishda himoya vositalaridan foydalanmaslik tibbiyot xodimlariga ham kasallikning yuqishiga olib kelishi mumkinligini hammamiz yaxshi bilamiz», deya Nurmat Otabekovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
08:35 / 13.05.2026
Sanepidqo‘m: O‘zbekistonda hantavirus bo‘yicha vaziyat barqaror
21:04 / 24.02.2026
2025 yilda respublika bo‘yicha 44 ta holatda ovqatdan zaharlanish qayd etildi – Sanepidqo‘mita
13:28 / 10.02.2026
SSV «koronavirusga qarshi vaksina olganlar hayoti xavf ostidaligi» haqidagi xabarga munosabat bildirdi
18:50 / 27.01.2026