Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ayrim bemorlarga qilinmagan muolaja uchun katta xarajatlar yozilayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov O‘zbekistonda koronavirusga chalingani uchun karantinga olingan ayrim shaxslarga qilinmagan muolaja uchun millionlab xarajat sarflangani haqidagi hujjatlarga qo‘l qo‘ydirib olinayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.
«Karantinga joylashtirilgan fuqarolarga ularning shikoyatlari va ahvoliga qarab kerakli muolajalar o‘tkazilgan va hozirda xam bu ishlar olib borilmoqda.
Bu kabi gaplarga ishonishdan avval masalaning mohiyatini anglab olishimiz kerak. Karantinga joylashtirilganlar bular hali bemorlar emas, sog‘lom odamlardir. Ular koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilinmoqda. Chunki ular epidemiologik noxush hududlardan kelishgan, bemorlar bilan aloqada bo‘lgan bo‘lishlari mumkin.
Shuning uchun karantindagilarga davolash muolajalari o‘tkazilmaydi. Chunki bunga umuman ehtiyoj yo‘q. Karantin davrida ularning salomatligi kuzatuvga olinadi, xolos. Agarda kuzatuv paytida ularda kasallikning u yoki bu klinik belgilari paydo bo‘lsa, laboratoriya natijalari musbat natija beradigan bo‘lsa, u holda bu shaxs yuqumli kasalliklarni davolashga ixtisoslashgan shifoxonalarga o‘tkaziladi va u yerda tegishli davolash muolajalarini olishadi.
Faqat ba'zi holatlarda, masalan, karantinga olingan shaxsning yoshi katta bo‘lsa, qo‘shimcha hamda yondosh kasalliklari bo‘lsa, har xil surunkali kasalliklar bo‘lsa, bu kabi shaxslarga karantin zonasida ham tibbiy yordam ko‘rsatiladi, muolajalar belgilanadi», deya Nurmat Otabekovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Davlat bosh sanitariya inspektori bemorlarga tashxis qo‘yish, davolash, reabilitatsiya qilish va profilaktikasi bilan bog‘liq tadbirlarga misli ko‘rilmagan darajada sarf-xarajatlar qilayotgan bir paytda bu kabi yolg‘on ma'lumot tarqatganlik uchun ham javobgarlik mavjudligi eslatib o‘tgan.
Mavzuga oid
21:33 / 13.02.2026
Kremlda Putin bilan uchrashuv oldidan amaldorlar uchun karantin bekor qilindi – OAV
13:28 / 10.02.2026
SSV «koronavirusga qarshi vaksina olganlar hayoti xavf ostidaligi» haqidagi xabarga munosabat bildirdi
11:26 / 09.02.2026
Toshkentda bog‘chalardagi “karantin” haqidagi xabarlar rad etildi
21:31 / 30.01.2026