YeI AQShning Yevropa kompaniyalariga nisbatan sanksiyalariga qarshi chiqdi
Jozep Borrelning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa siyosatini uchinchi mamlakatlar emas, Yevropa belgilashi shart.
YeI diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel AQSh tomonidan Yevropa kompaniyalariga sanksiya qo‘llanishi yoki qo‘llash tahdididan chuqur xavotirda ekanligini bildirdi.
"Biz Eron, Kuba, Xalqaro sud hamda yaqinda Nordstream 2 va Turkstream bilan yuz bergan holatlarda ushbu tendensiyaning rivojlanishini ko‘rdik", - deyiladi YeIning tashqi ishlar bo‘yicha yuqori vakili bayonotida.
"Yevropa ittifoqi uchinchi mamlakatlarning qonuniy biznes olib borayotgan Yevropa kompaniyalariga nisbatan sanksiya qo‘llashiga qarshi chiqadi. Bundan tashqari, eksterritorial sanksiyalar qo‘llashni xalqaro huquqqa zid deb hisoblaymiz. Yevropa siyosatini uchinchi mamlakatlar emas, Yevropa belgilashi shart", - deb ta'kidladi Borrel.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar tashqi siyosat va xavfsizlik siyosatida umumiy maqsadlarni ko‘zlaganda hamkorlar bilan sanksiyalarni muvofiqlashtirish katta ahamiyatga ega.
"Yevropa ittifoqi siyosiy kelishmovchilik yuzaga kelganida muloqot uchun doimo ochiq. Ammo bu sanksiyalar tahdidi ostida kechmasligi lozim", - dedi Yevropa diplomatiyasi rahbari.
Mavzuga oid
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024
Tramp millionlab migrantlarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda - OAV
09:15 / 12.11.2024
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
16:42 / 11.11.2024