Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya pandemiyaga qarshi kurashish uchun O‘zbekistonga 2 mln yevro ajratdi
Germaniya hukumati O‘zbekiston Respublikasi uchun pandemiyaga qarshi kurashda qo‘shimcha 2 mln yevro ajratdi. Bu haqda Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi ma'lum qildi.
Sh.Mirziyoyev Germaniya kansleri Angela Merkel bilan / 21 yanvar, 2019, Berlin.
«Ko‘mak turlari va chora-tadbirlari ikki davlat o‘rtasida muhokama qilinmoqda», – deya qayd etilgan elchixona xabarida.
Shuningdek, iyun oyida Germaniya Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasiga 480 ming yevro ajratgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda rasmiy Berlin Markaziy Osiyoning O‘zbekistondan boshqa davlatlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘mak ajratishni to‘xtatishi ma'lum bo‘lgan edi.
Qayd etish joiz, Germaniya – O‘zbekistonning Yevroittifoqdagi eng asosiy savdo hamkorlaridan biri. 2018 yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 25 foizga o‘sib, 770 million dollardan oshgan.
2020 yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra, Germaniya O‘zbekistonning savdo hamkorlari ichida 7-o‘rinda qayd etilgan, bu davrda ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 337 mln dollarni tashkil etgan. Shundan 305 mln dollar Germaniyadan importga to‘g‘ri keladi.
Avvalroq, iyun oyi boshida Yaponiya O‘zbekistonga 1,9 mln dollar ajratishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
12:20
Germaniyada minglab kishi kurdlarni qo‘llab-quvvatlash aksiyalariga chiqdi
15:51 / 20.01.2026
Hamburgda sobiq kansler Shmidtning qabriga svastika chizib ketildi
14:16 / 20.01.2026
Afg‘onlarning yarmidan ko‘pining Germaniyaga kirish ruxsatnomalari bekor qilindi
10:08 / 20.01.2026