GSP+ tizimi Özbekistonga nima beradi? - Germaniya elçisi bilan suhbat
|20:46 / 17.07.202016 82315 min
Şu yilning 1 iyulidan Yevropa Kengaşi raisligi Germaniya Federativ Respublikasiga ötdi. Özbekiston esa YeI bilan GSP+ dasturi doirasida hamkorlik qilişni rejalaştirmoqda.
Kun.uz muxbiri Özbekistonning GSP+ dasturidan foydalana oliş imkoniyatlari, Jahon savdo taşkilotiga a'zoligi böyiça muzokaralar va YeIning Markaziy Osiyo, xususan, Özbekiston bilan hamkorligi kabi mavzularda GFRning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Gyunter Overfeld bilan suhbatda böldi.
– Germaniya Ittifoq kengaşiga raislik qiliş muddatida qanday işlarni amalga oşirişni rejalaştirgan?
– Yevropa Ittifoqi kengaşida Germaniya raisligining roli bugungi kunda köp jihatdan koronavirus pandemiyasiga boğliq bölib turibdi. Bugungi kunda Yevropada 100 mingdan ziyod koronavirus qurbonlari mavjud. Şuning uçun hozirda bizning birlamçi vazifamiz hamkorlarimiz bilan birgalikda koronavirus pandemiyasi oqibatlarini bartaraf etiş hisoblanadi.
OAV orqali eşitgan bölsangiz kerak, ayni vaqtlarda Yevropa iqtisodiyotini tiklaş uçun 750 mlrd yevro miqdoridagi yordam dasturini qabul qiliş masalasi körib çiqilmoqda. Bu katta summa, uni avvalambor Yevropa iqtisodiyotini tiklaş uçun yönaltiriş nazarda tutilmoqda. Yana bir tomondan, bu mablağni Yevropada ijtimoiy birlikni mustahkamlaş, ekologiyani yaxşilaş va raqamlaştiriş masalalari uçun ham yönaltiriş közda tutilmoqda.
Ikkinçi muhim yönaliş Yevropa Ittifoqining keyingi 7 yil uçun möljallangan budjetini qabul qiliş hisoblanadi.
Yevroittifoqning har bir a'zo mamlakati keyingi 7 yillikda mazkur budjetni nimaga sarflaş böyiça öz möljaliga ega. Budjetga qaysidir davlat kattaroq, qaysi biridir kamroq uluş qöşadi. Şuning uçun Yevroittifoq kengaşida yaqin oylardagi asosiy vazifamiz bu mablağni nimaga yönaltiriş böyiça ittifoqning 27ta a'zo davlati orasida yakdillikka erişiş sanaladi.
Kun tartibidagi uçinçi muhim vazifa – Buyuk Britaniya bilan muzokaralar olib borişdir.
Xabaringiz bor, Britaniya umumiy ovoz beriş yöli bilan Yevroittifoqdan çiqişga qaror qildi. Şuning uçun Yevroittifoq rahbariyati ittifoqning özida va Britaniya bilan birga keyingi munosabatlarni muhokama etişi lozim. Ular bilan muhokama qilinişi kerak bölgan talaygina masalalar mavjud. Breksit heç qanday muzokara va kelişuvlarsiz amalga oşişi ehtimoli ham bor. Biz, albatta, Britaniyaning keskin çiqib ketişini istamaymiz. Şu bois, Germaniya bu borada işlaşi, Britaniya bilan mustahkam va çuqur hamkorlik masalalarini körib çiqişi kerak.
Mavzuga oid
Buyuk Britaniya va Yevroittifoq örtasida yaxşi hamkorlikni örnatiş masalasi bilan bir qatorda boşqa muhim vazifalar ham kun tartibida turibdi. Pandemiya fonida Yevropada taşqi siyosat böyiça yagona, yakdil munosabatni şakllantiriş, global darajada hamfikrlik asosida iş körişni maqsad qilganmiz. Birinçidan, qöşni Afrika kontinenti bilan hamkorlikni kengaytiriş masalasi, ikkinçidan, Yevroittifoqning Xitoyga nisbatan yagona umumiy pozitsiyasini işlab çiqiş vazifasi turibdi.
– Kengaş Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan Özbekiston bilan aloqalarga qanday e'tibor qaratadi? Germaniya raisligida bu munosabatlarda qanday özgarişlar röy berişi mumkin?
– Yevroittifoqning Markaziy Osiyo davlatlari bilan munosabatlari böyiça yangi strategiyani işlab çiqiş masalasi ham kun tartibida turibdi. Connectivity, ya'ni «Özaro aloqa» deb nomlangan yana bir yangi strategiya Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari orasida munosabatlarni mustahkamlaşni nazarda tutadi. Bu ikki strategiyani amalga oşiriş uçun katta mablağ talab etiladi. Şuning uçun, yuqorida ta'kidlanganidek, Yevroittifoqning 7 yillik budjetini qabul qiliş va bu ikki strategiya örtasida uzviy boğliqlik mavjud.
Örta muddatli moliyaviy asosni qabul qiliş Markaziy Osiyoga bevosita aloqador bölgan strategiyalar uçun ham muhim rol öynaydi. Yevroittifoq raisi sifatida Germaniya bu ikki strategiyani yetarliça moliyalaştiriş, bu orqali Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari örtasida uzoq muddatli hamkorlikni yölga qöyiş tarafdoridir.
– Germaniya Markaziy Osiyo, şu jumladan Özbekistondagi hozirgi rivojlaniş bosqiçini qanday baholaydi?
– Germaniya va Markaziy Osiyo aloqalari sönggi yillarda ijobiy tendensiya asosida rivojlanayotganini qayd etib ötiş lozim. Markaziy Osiyo davlatlarida özaro sezilarli farqlar ham mavjud. Markaziy Osiyo iqtisodiy,-ijtimoiy taraqqiyot, qonun ustuvorligini ta'minlaş, inson huquqlari himoyasi masalasida katta muvaffaqiyatlarga erişmoqda. Germaniyaning Özbekistondagi elçisi bölganim uçungina emas, balki körinib turgan natijaligi uçun ham qayd etişim lozimki, Özbekiston sönggi 3 yilda sezilarli ijobiy natijalarga erişmoqda.
Ba'zi noxuşliklar borligini ham inkor etib bölmaydi. Xususan, ötgan haftada Andijon şahri fuqarosining içki işlar xodimlari tomonidan tazyiqqa uçragani bilan boğliq holatni eşitdik. Şunga qaramay, inson huquqlari, matbuot erkinligi, fikr erkinligi, fuqarolar va davlat idoralari örtasida munosabatlarning yaxşilanişiga erişilayotganini qayd etib ötiş lozim.
Şuningdek, Özbekiston öz iqtisodiyotini modernizatsiyalaş masalasida ham sezilarli rivojlanişga erişayotgani e'tiborlidir. Umid qilamanki, pandemiya oqibatlari bu taraqqiyotga salbiy ta'sir körsatmaydi. Öz navbatida, Germaniya Özbekistonga hamkorlikni kengaytiriş, taraqqiyot maqsadlari yölida moliyaviy yordam masalasida Özbekistonni qöllab-quvvatlaş, xususan, soğliqni saqlaş, kiçik va örta tadbirkorlik, qişloq xöjaligini rivojlantirişda doim harakat qiladi. Özbekiston iqtisodiyoti koronavirus pandemiyasi oqibatlarini bartaraf eta oladi, degan umiddamiz.
– Özbekiston-Germaniya munosabatlarida tez rivojlanayotgan va oqsayotgan yönalişlarni ayta olasizmi?
–Birinçi navbatda, ikki tomonlama savdo munosabatlarini qayd etib ötmoqçiman. Sönggi uç yilda ikki mamlakat örtasida savdo hajmi uç baravarga oşib, bugungi kunda 1 mlrd yevroni taşkil etmoqda. Joriy yilning dastlabki oylarida ikki tomonlama savdo aloqalari 20 foizga oşgan edi. Ammo koronavirusning tarqalişi oqibatida barçasi töxtab qoldi.
Ammo, men özbek işbilarmon doiralari va nemis kompaniyalari bilan muloqotda ikki tomonlama hamkorlikka qiziqiş yuqoriligiga guvoh böldim, bu qiziqiş pandemiyadan keyin ham saqlanib qolişiga va davom etişiga işonçim komil.
Rivojlanayotgan yönalişlardan yana biri sifatida, sönggi vaqtlarda Özbekistonda nemis tilini örganişga qiziqişning ortganini körsatib ötmoqçiman. Biz ham bu qiziqişni qoplaşga harakat qilmoqdamiz. Bu borada bir qator hamkorlarimiz, xususan, Toşkentdagi 60-sonli maktab, Andijon şahridagi Berlin markazi, Urganç va Marğilon şahridagi muassasalar Özbekistonda nemis tilini örganişga bölgan talabni qondirişga yordam bermoqda.
Keyingi oylarda bizning hamkorligimiz san'at, rassomçilik, kino va musiqa borasida ham mustahkamlanişini istardim. Yil avvalida bu boradagi hamkorlik böyiça loyihalar reajalaştirilgan edi, ammo pandemiya tufayli ularni amalga oşirişning imkoni bölmadi. Yaqin orada bu loyihalarni amalga oşiriş uçun şaroit böladi, degan umiddamiz.
Oqsayotgan jihatlar xususida gapirganda, Özbekistonda investitsion şaroitlar yaxşiroq rivojlanişini istardim. Ma'lumki, 2022 yilda Volkswagen Özbekistonda avtomobil işlab çiqarişni yölga qöyişi rejalaştirilmoqda. Fikrimça, bu borada hali hal qilinişi kerak bölgan masalalar mavjud.
Özbekiston investitsion şaroitlarni mustahkamlaş, investitsion muhitni yaxşilaş böyiça köp işlarni amalga oşirişi kerak. Birinçidan, har qanday xorijiy kompaniya uçun uzoq muddatli rejalaştiriş imkoni bölişi kerak. Ikkinçidan, qonun ustuvorligi, huquqlar ta'minoti va xavfsizlik masalasi har qanday investor uçun muhim sanaladi.
– Özaro ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqiçga çiqariş uçun nimalarga e'tibor beriş kerak, deb öylaysiz?
– Biz siyosiy muloqotimizni davom ettiriş, xalqaro taşkilotlar doirasida ham hamkorlikni davom ettiriş istagidamiz. Germaniya har doim köp tomonlama aloqalar – multilateralizm tarafdori bölgan. Faqatgina bir davlat öz manfaatlarini ilgari surişi emas, balki bir neça davlatlar birlaşib öz qiziqişlarini namoyon etişini yoqlaymiz.
Şu nuqtayi nazardan, Özbekistonning Germaniya tomonidan asos solingan multilateralizm alyansiga qöşilişini olqişlagan bölardik.
Şuningdek, tarkibida Germaniya, Şvetsiya, Yaponiya bölgan Stokgolm guruhi deb nomlanadigan yadro qurolidan voz keçiş guruhiga qöşilişidan mamnun bölar edik.
– YeIning GSP+, ya'ni Umumiy imtiyozlar tizimiga kelsak. Ma'lumki, Özbekiston ayni tizimga qöşiliş istagini bildirmoqda. Qator rivojlanayotgan mamlakatlar, jumladan, Özbekiston qöşnisi bölgan Qirğiziston ham allaqaçon bu tizimda. GSP+ga qöşiliş Özbekistonga nima beradi?
– Albatta. GSP+ tizimiga qöşiliş Özbekistonga katta imtiyozlar beradi. Nega deganda, GSP+ tizimi doirasida bojxona tösiqlari, tariflari va boşqa tölovlarni kamaytiriş nazarda tutiladi.
Ma'lumingizki, Yevropa bozori juda katta. Bu yerda 513 mln.dan ziyod – yarim milliard aholi istiqomat qiladi. Şu bois Özbekiston GSP+ga qöşilgan taqdirda, özbek kompaniyalari bu bozorga kirib kela oladi va öz mahsulotini sotadi. Bu esa ularga katta imkoniyatlar eşigini oçadi. GSP+ tizimiga qöşiliş orqali ular nisbatan qulay şaroitlarda Yevropa bozoriga kirişi, manfaatli tarzda, yaxşi raqobat muhitida işlaşi mumkin böladi.
– GSP+ tizimiga kirmoqçi bölgan mamlakatlar inson huquqlari, mehnat huquqlarini himoya qiliş, atrof-muhit muhofazasi, boşqaruv kabi qator fundamental sohalarda islohotlar qilişi talab etiladi. Nima deb öylaysiz, Özbekiston uşbu tizimga kirişga tayyormi?
– Özbekiston muayyan sohalarda sezilarli rivojlanişga erişmoqda. Bunday taraqqiyot kuzatilmaganda, biz, yevropaliklar GSP+ tizimi böyiça muzokaralarni boşlamagan ham bölardik. Şuning uçun GSP+ imtiyozlar tizimi nomzod davlatlarga katta talablar – islohotlar ötkaziş, inson huquqlari, atrof-muhit muhofazasi, samarali davlat boşqaruvi, mehnat muhofazasi masalalarida şartlarni qöyadi.
GSP+ davlatga köplab imtiyozlar beriş bilan birga uning oldiga bir qator talablar ham qöyadigan tizimdir. Şuning uçun ham GSP+ tizimiga faqatgina 8ta davlat kira olgan. Biz Özbekistonni bu tizimga kiriş yölida qöllab-quvvatlaymiz.
– Tizimga qöşilgaç, undan çetlatilgan davlatlar ham bölganmi? Özbekiston tizimga qöşilgaç, bunday holat röy bermaslik uçun mamlakat hukumati nimalarga e'tibor berişi kerak böladi?
– Davlat bu maqomga ega bölişdan avval juda köp intensiv, uzoq muddatli, batafsil muzokaralar, kuzatuvlar olib boriladi. Şuning uçun ham davlat bu maqomga erişgaç, uni yöqotmaslikka harakat qiladi. Bilişim böyiça, hozirgaça heç bir davlat bu maqomni yöqotgan emas.
– Muzokaralar qança davom etişi mumkin?
– Muzokaralar, tayyorgarlik jarayonlari qança davom etişini aniq aytiş qiyin, çunki har bir davlat öziga xos şaroitlarga ega. Özbekiston holatida bu tizimga kiriş uzoq vaqt talab etmaydi, degan umiddaman.
Ammo, öz navbatida, Özbekiston ham muzokaralar jarayonida berilgan tavsiyalarni bajarişi, talablarga muvofiqlaşişi kerak böladi.
– Özbekiston Respublikasiga prezident Mirziyoyev rahbarlik qila boşlagaç, mamlakatning Jahon savdo taşkilotiga qöşilişi bilan boğliq mavzu kun tartibiga çiqdi. Germaniya esa bu taşkilotda öz örniga ega davlatlardan biri hisoblanadi. Şunday ekan, Özbekiston taşkilotga a'zo bölişi uçun qanday islohotlarni amalga oşirişi talab etiladi? Germaniya bu borada qanday yordam körsata oladi?
– Biz Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga kiriş taraddudida ekanidan xursandmiz va bu muvaffaqiyatli amalga oşadi, degan umiddamiz. Özbekiston hukumati bilan muloqotimdan menga ma'lumki, JSTga kiriş mamlakat uçun ustuvor masala bölib turibdi.
JST – GSP+ tizimiga ham öxşaydi. Ya'ni bunda ham nomzod davlatdan rivojlaniş, siyosat, ijtimoiy hayot, savdo masalalarida islohotlar ötkaziş talab etiladi. Özbekiston savdo, investitsion muhit, soliqlar, bojxona tölovlari va jarayonlari borasida bir qator özgarişlarni amalga oşirişi lozim. Özbekiston bozoriga xorijiy mahsulotlarning kirib kelişi borasida köplab çeklovlar mavjud. Bular Özbekistonga kirib kelişi qiyin bölgan qişloq xöjaligi va boşqa mahsulotlardir. Buni bartaraf etiş zarur.
Jahon savdo taşkilotiga kiriş asnosida Özbekiston texnik yordam loyihasi doirasida Yevroittifoqdan, Jahon bankidan, şuningdek, USAID taşkiloti orqali AQŞdan kömak olişi ijobiy jihatdir. Jyenevada yoki turli boşqa konferensiyalar doirasida biz Özbekistonning JSTga kirişini qöllab-quvvatlaşga tayyormiz.
– Sentabr oyida Özbekistonda elçilik faoliyatini boşlaganingizga 3 yil böladi. Nimalarga ulgurdingiz, qanday vazifalarni uddalay olmadingiz?
– Özbekistondagi faoliyatim davomida ikki asosiy yönalişni belgilab olgan edim. Birinçidan, mamlakat bilan iqtisodiy hamkorlikni yölga qöyiş. Yuqorida qayd etib ötganimdek, hozirgaça savdo aylanmasi hajmini uç baravarga oşirişga erişdik. Özbek hamkasblar Berlinda, biz bu yerda bir qator işlarni amalga oşirmoqdamiz. Özbekistondagi delegatsiyalar bilan muloqotlar olib borildi, ular duç kelayotgan muammolar aniqlandi. Bu yerda faoliyat olib borayotgan nemis kompaniyalarining özbek hukumati bilan muammolari borligi aniqlandi va ular ijobiy hal qilindi.
Men yanada mustahkam hamkorlik yölga qöyilişiga e'tibor qilayotgan soha bu madaniy hamkorlikdir. Musiqa va kino borasida bir neça loyihalarni boşlab qöydik. Tarixiy yodgorliklar muhofazasi borasida ham hamkorlik rivojlanişini istardik. Toşkentda va boşqa hududlardagi tarixiy arxitektura muhofazasi borasida ham ijobiy natijalarga erişamiz, deb öylayman.
Uç yil mobaynida ijobiy natijalarga erişilgan yana bir yönaliş bu barqaror rivojlaniş maqsadlarini amalga oşirişdagi hamkorlikdir. Bu boradagi hamkorlik yaqin orada boşqa Markaziy Osiyo davlatlari bilan töxtatiladi va faqatgina Özbekiston bilan saqlab qolinadi. Bu boradagi moliyaviy kömak portfeli dastlab 10 mln yevroni taşkil etgan bölsa, bugunga kelib, uning hajmi 200 mln yevroga yetdi. Bu ham katta muvaffaqiyat.
– Özbekiston böylab qilgan safarlarimdan taassurotlarim juda katta. Toşkentdan çiqişing bilan çiroyli manzaralar közga taşlanadi. Menda özbek qişloqlarida tunaş imkoniyati böldi. Odamlar, asosan, qişloq aholisi bilan suhbatlaşiş men uçun juda yoqimli böldi. Ular juda oçiqköngil insonlar.
Şuningdek, toğ hududlarida joylaşgan Boysun, Termiz, Qoraqalpoğiston Respublikasida böldim. Qoraqalpoğiston taomlari ham öziga xos. Özbekistonning boşqa hududlari ham diqqatga sazovor, ammo bu ikki hudud menda hammasidan ham kuçli taassurot qoldirdi.