Davstatqöm xabariga köra, TSAda eksport hajmi 6,2 mlrd AQŞ dollariga (22,6 foizga kamaydi) va import hajmi 9,5 mlrd AQŞ dollariga (15,0 foizga kamaydi) yetdi. Hisobot davrida 3,2 mlrd AQŞ dollari qiymatida passiv taşqi savdo balansi qayd etildi.
Taşqi savdo aylanmasi infografikasining körsatkiçlari oylar kesimida tahlil qilinsa, 2019 yilning fevral oyida bir oz pasayişdan söng oylik barqaror ösiş kuzatilganini köriş mumkin.
Xuddi şu körsatkiçlar 2020 yil uçun tubdan farq qilib, yanvar va fevral oylarida taşqi savdo aylanmasi 2,9 mlrd. AQŞ dollari darajasida qayd etilgan bölsa, mart oyiga kelib 2,2 mlrd. AQŞ dollariga kamayişni taşkil etdi (fevral oyiga nisbatan 25,3 foizga kamaydi).
2020 yilda eng katta pasayiş may oyida (2,1 mlrd AQŞ dollari körsatkiçi) qayd etildi.












