21:37 / 08.08.2020
4751

Tsukerbergning boyligi bir hafta ichida 5,3 mlrd dollarga ko‘paydi

Facebook asoschisi Mark Tsukerbergning boyligi 31 iyuldan buyon 5,3 mlrd dollarga ko‘paydi, deb xabar berdi Forbes.  

Tsukerbergning boyligi Facebook aksiyalari narxi oshgani tufayli ko‘paydi: aksiyalar narxi o‘tgan jumadagiga nisbatan 8 foizga ko‘tarildi. Natijada Tsukerbergning boyligi qisqa muddatga 100 mlrd dollardan ortiq deb baholandi.

Juma kuni Forbes Real-Time ro‘yxatidan yana uch kishi o‘rin oldi: Amazon bosh direktori Jyeff Bezos (189,8 mlrd dollar), Microsoft hammuassisi Bill Geyts (113,6 mlrd dollar) va Louis Vuitton xo‘jayini Bernar Arno (106,6 mlrd dollar). Birja yopilishi vaqtida Forbes Tsukerbergning boyligini 98,6 mlrd dollar deb baholadi.

Boyligi sezilarli darajada o‘sganlar ro‘yxatida o‘ninchi o‘rinni rossiyalik Suleyman Kerimov egalladi: uning boyligi 1,8 mlrd dollarga ko‘paydi va 24,8 mlrd dollarga yetdi.

Mavzuga oid
Top