Vazirlar Mahkamasining “Yuridik sohaga oid bilim talab etiladigan mutaxassislar malakasini oşirişning zamonaviy tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik sohaga oid bilim talab etiladigan mutaxassislar malakasini oşirişning zamonaviy tizimini joriy etiş hamda Adliya vazirligi qoşidagi Yuristlar malakasini oşiriş markazining yuridik şaxs taşkil etmagan holda Qoraqalpoğiston Respublikasi hamda viloyatlarda hududiy filiallarini taşkil etiş töğrisidagi takliflari ma'qullanadi.
Quyidagilar yuridik sohaga oid bilim talab etiladigan mutaxassislar malakasini oşiriş tizimining ustuvor vazifalari etib belgilanadi:
kasbiy ehtiyojlardan kelib çiqqan holda kadrlar buyurtmaçilari va xodimlariga malaka oşiriş şakllarini mustaqil tanlaş imkoniyatini yaratiş;
an'anaviy malaka oşiriş bilan bir qatorda kasbiy öqitişning uyğunlaşgan (blended-learning) şaklini, iş jarayoni bilan birgalikda olib boriladigan (on-the-job training) şaklini, şuningdek, kadrlar malakasini oşirişning belgilangan davriyligiga rioya qilingan holda ta'lim dasturlarini, bilim va könikmalarni doimiy takomillaştirişdan iborat kredit-modul mexanizmini joriy qiliş;
kasbiy rivojlanişni nazorat qiliş maqsadida kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantiriş tizimi faoliyatini taşkil qiliş, har bir xodimning individual trayektoriyalari böyiça malaka oşiriş jarayonlarini monitoring qiluvçi yagona ma'lumotlar bazasi–elektron platformasini yaratiş va amaliyotga joriy etiş;
ta'lim jarayonini raqamli texnologiyalar asosida individuallaştiriş, axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan (keys-stadi, kouçing, vebinar texnologiyalar va h.k.) foydalaniş darajasini oşiriş, vebinar, “blended-learning”, “flipped classroom” texnologiyalarini qöllaş orqali masofaviy ta'limni yanada takomillaştiriş va bu bilan mustaqil ta'lim olişi uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş;
mehnat bozorida huquqiy bilimlarini oşiriş talab qilinadigan xöjalik boşqaruvi va boşqa taşkilotlarning özga soha mutaxassislari malakasini oşirişga qaratilgan qisqa muddatli öquv kurslarini taşkil etiş;
adliya organlari va muassasalaridagi rahbarlik lavozimlariga zaxiraga olingan kadrlar malakasini oşirişning modullaştirilgan (buddying) ta'lim dasturlari asosida maxsus kurslardan ötiş amaliyotini joriy etiş.
















