2024 yilning 21 iyun kuni Toşkent şahrida joylaşgan nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan biriga litsenziya berildi. Oliygoh fakultetlari tarkibida yurisprudensiya yönalişi ham bor. Kun.uz bu haqida qöşimça ma’lumot oliş uçun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’uli bilan boğlandi. Ta’lim taşkilotlarini litsenziyalaş va faoliyatini muvofiqlaştiriş bölimi vakili Şavkat Qurbonov talabni bajargan nodavlat oliygohlarga litsenziya berilayotganini ma’lum qildi. “Yana bir nodavlat oliygoh ham şartlarni bajaryapti. Unga ham litsenziya berilişi kutilyapti”, – dedi u.

Ma’lumot uçun, 1 yildan ortiq vaqt davomida nodavlat oliy ta’lim muassasalari yurisprudensiya yönalişiga litsenziya olişda qiyinçilikka duç kelayotgan edi.
Oldinroq, Kun.uzʼda nodavlat oliy ta’lim muassasalarining “yurfak”lari litsenziya ololmayotgani haqida material e’lon qilingan edi. Kun.uz OTFIVning Ta’lim taşkilotlarini litsenziyalaş va faoliyatini muvofiqlaştiriş bölimi boşliği Dilşod Muydinov bilan boğlanib, holat böyiça izoh olgandi. U yurisprudensiya yönalişida öqitiş uçun litsenziyaga hujjat topşirgan nodavlat oliy ta’lim muassasalari qonunçilikdagi litsenziya talablarini töliq bajara olmayotganini ma’lum qilgan edi.
















