Rossiya va NATO munosabatlari yana muhokamalar markaziga çiqdi. Rossiya taşqi işlar vazirligi NATOning mamlakat çegaralari böylab kengayib borişi mintaqadagi tinçlikni ta’minlaşga emas, aksinça vaziyat keskinlaşişiga xizmat qilişini ma’lum qildi. Rossiya TIV AQŞ Polşadagi askarlari sonini yana ming nafarga oşirişi borasidagi qarorini şunday izohladi.

AQŞ va Polşa örtasida 15 avgust kuni imzolangan kelişuvga köra, Qöşma Ştatlar Rossiyaning töğridan töğri qöşnisi bölmiş Polşadagi askarlari sonini yana ming nafarga oşirişi aniq böldi. Rossiya taşqi işlar vazirligining ma’lum qilişiça, Polşada «şundoğam AQŞ harbiylari soni juda köp» va ular 4,5 ming nafarni taşkil etadi. Rossiya TIV bayonotida Polşa va AQŞ 1997 yilda imzolangan Rossiya-NATO aktiga qarşi iş qilgani ta’kidlangan.

NATO şarqqa (ya’ni Rossiya atrofida) kengayişi yangilik emas. Alyans taşkil etilganidan buyon bu borada muhokamalar töxtamaydi. Ayniqsa, Rossiyaning bir neçta töğridan töğri qöşnilari NATOga qöşilgaç, AQŞ va Rossiya örtasidagi kelişmovçiliklar tobora avj oldi. Keling, Rossiya TIVning bayonoti bahonasida NATOning taşkil etilişi, uning Şarqqa qarab kengayişi va Rossiyaning bunga munosabati mavzusiga atrofliça töxtalsak.

Bir paytlar, Turkiyani inobatga olmaganda, NATOning çegaralari Yevropa markazidan ötmas edi. 1991 yilda SSSR, 1992 yilda Yugoslaviya parçalangaç, Şarqiy Yevropada mustaqil bölgan davlatlar birin-ketin NATOga qöşila boşladi. Şu tariqa Şimoliy Atlantika alyansi nazoratidagi hudud tobora kengayib bordi.

Sobiq ittifoq parçalanişidan avval NATOga a’zo davlatlardan faqat Norvegiya va Turkiya SSSR bilan çegaradoş edi. Bugun esa SSSRning vorisi bölgan Rossiya quruqlikda NATOga a’zo bölgan Turkiya, Litva, Latviya, Estoniya, Polşa, dengizda (Qrim egallab olinganidan söng) Bolgariya va Ruminiya kabi davlatlari bilan çegaradoş böldi.

AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo ötgan haftada Çexiya, Sloveniya, Avstriya va Polşaga taşrif buyurdi.  Foto: REUTERS/Janek Skarzynski 

NATOning tuzilişi

NATO (North Atlantic Treaty Organization) – Şimoliy Atlantika harbiy taşkiloti 1949 yil 4 aprel kuni Yevropaning 10ta, Şimoliy Amerikaning 2ta davlati: Belgiya, Buyuk Britaniya, Daniya, Islandiya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Norvegiya, Portugaliya, Fransiya, AQŞ va Kanada davlatlari vakillari imzolagan şartnomaga binoan tuzilgan. Öşa paytda bu taşkilotni tuzişdan maqsad Yevropani ikkinçi jahon uruşidan keyin harbiy salohiyati nihoyatda kuçayib ketgan SSSRdan himoya qiliş bölgan.

NATOni tuziş ğoyasi 1947 yilda AQŞ prezidenti Harri Trumen tomonidan ilgari surilgan. Taşkilot nizomi 14ta bölimdan iborat. Undagi eng muhimlaridan bölgan 5-bölimda «Taşkilotga a’zo davlatlardan biriga hujum qilinsa, bu holat taşkilotning boşqa a’zolariga ham agressiya qilingan deb baholanadi va javob çoralari köriladi», deb yozilgan.

Taşkilot nima maqsadda tuzilgani heç qaçon sir saqlanmagan va bu haqda har doim oşkora gapirilgan. Masalan, 2009-2014 yillarda NATO boş kotibi lavozimida faoliyat yuritgan daniyalik siyosatçi Anders Fog Rasmussen alyans SSSRning Yevropaga ehtimoliy tajovuzlari oldini oliş uçun taşkil etilganini aytgandi. «NATO dunyodagi vaziyat ança xavfli bölib turgan paytda tuzilgan edi. SSSRning Yevropaga ta’siri kuçayib borar ekan, öşanda 12ta davlat nafaqat xavfsizlik uçun, balki insoniyat uçun eng asosiy qadriyatlar – erkinlik, demokratiya, inson huquqlari kafolatlari, qonun ustuvorligini himoya qiliş uçun birlaşdilar», degan edi u.

Ikkinçi jahon uruşidan keyin xalqaro maydonda insoniyatni faşizm balosidan qutqargan ğolib sifatida SSSRning obrösi nihoyatda oşib ketadi. Qolaversa, uruşda sovet askarining qadami yetgan Yevropadagi har bir qariç yer SSSR ta’sir doirasiga tuşadi. Öşa paytda dunyoning aksariyat siyosatçilari SSSR özi ozod qilgan mamlakatlarni har qanaqasiga öz ta’sir doirasida uşlab qolişini tuşunib, OAV yoki boşqa vositalar orqali dunyo hamjamiyatini bundan ogohlantirişga urinar edi. Ammo Şarqiy Yevropadagi insonlarning bir qismi «faşizmni yöq qilişda SSSR boş rolni öynadi, demak, sotsialistik yöl notöğri emas», deb zimdan öz mamlakatida kommunistik rejim örnatilişiga rozi böla boşladi.

SSSR harbiylarining qadami yetgan mamlakatlarni şunçaki qöyib yubormasligi haqida ilk bor Stalin Potsdam konferensiyasida gapirgan edi. Öşanda «dohiy» Şarqiy Yevropa mamlakatlari jon deb SSSRdagi döstlar yordamida sotsialistik davlat quriş niyatida ekanligi haqida AQŞ prezidenti Harri Trumen va Buyuk Britaniya boş vaziri Uinston Çerçill bilan ötkazilgan muzokaralarda gapiradi. Öşanda Çerçill va Trumen heç bölmaganda Polşani Stalin çangalidan ajratib olişga urinişadi, ammo buning imkoni bölmaydi. Stalin Londonda qoçqinda yurgan muvaqqat hukumat vakillari Varşavaga qaytişiga yöl qöymaydi va Polşada polyak kommunistlaridan iborat «qöğirçoq hukumat» tuziladi. Şundan söng, Trumen va Çerçill Ğarbiy Yevropaning xavfsizligi ustida boş qotira boşlaydi va şu tariqa NATO tuziladi.

NATOga SSSR ham a’zo bölişni xohlagan

Alyansga a’zo bölişga qaror qilgan SSSR 1954 yil 31 martda AQŞ, Buyuk Britaniya va Fransiya hukumatlariga rasmiy nota yöllaydi.

«Umid qilamizki, Ğarb davlatlari SSSRning arizasini qanoatlantiradi va NATO SSSRga qarşi emas, balki tinçlikni saqlaş uçun tuzilganini isbotlaydi. NATO ayrim davlatlarning yopiq harbiy guruhi bölmay, boşqa Yevropa davlatlarning qöşilişi uçun oçiq bölsagina, Yevropada kollektiv xavfsizlik böyiça samarali tizim yaratiş va Yer yuzida tinçlikni mustahkamlaş uçun asosga ega bölamiz», deyilgandi unda.

Öşanda Vyaçeslav Molotov boşçiligidagi sovet diplomatiyasi ayyorlik qiladi va uning har qanday natijasi SSSR uçun öziga xos foydali bölişi ehtimoli bor edi. Agar NATOga qöşiliş masalasida ijobiy javob olinsa, SSSR nafaqat öz raqiblari bilan bir safda bölar, balki «NATOning rejalarini içidan foş qiliş» imkoniyatiga ega bölardi. NATOga SSSRni qabul qilişmasa, bu alyansni qoralaş uçun bahona bölardi.

SSSRning NATOga qöşiliş uçun qilgan ilk harakati taşkilot tuzilgan 1949 yilda boşlangan edi. Öşanda SSSR taşqi işlar vaziri Andrey Vişinskiy Buyuk Britaniya kommunistik partiyasi vositaçiligi bilan Londonga Moskvaning NATOdagi iştirokini muhokama qiliş uçun boradi, ammo rad javobini oladi.

SSSRning NATOga qöşiliş masalasi ikkinçi marta 1952 yilda, alyansga Gretsiya va Turkiya qöşilganidan söng yana kun tartibiga çiqadi. Turkiya NATOga qöşilgaç, harbiy blok çegaralari SSSRning janubiy çegaralari bilan tutaşadi. Öşanda Fransiya elçisi Lui Joks bilan uçraşuv çoğida Stalin prezident Çarlz de Gollning NATOni faqat tinçlik taşkiloti deb bilişini eşitib, Vişinskiydan istehzo bilan söraydi: «Unda biz ham bu taşkilotga qöşilişimiz kerak emasmi?». Ikkinçi uriniş ham muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi.

SSSRning NATOga qöşiliş uçun uçinçi jiddiy urinişi 1954 yilda, Stalin vafot etganidan bir yil ötib sodir böladi. Öşanda SSSR tomonidan NATOga qöşiliş uçun rasmiy ariza beriladi va uning taşabbuskori sovet ittifoqi TIV birinçi örinbosari Andrey Gromiko edi. U 1954 yil 19 mart kuni KPSS Markaziy qömitasi rayosatiga «Taşqi işlar vazirligi NATOga qöşilişni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi», deyilgan bildirgi jönatadi.

Qiziği şundaki, öşanda SSSR bilan birga BMTda a’zoligi bölgan Ukraina va Belarus nomidan ham NATOga a’zo böliş uçun ariza topşirilgan edi.

Ğarbning yetakçi davlatlari hukumatlari Moskvaga işonişmadi. Ular SSSRning birlamçi maqsadi AQŞni Yevropadan quvib çiqariş va NATOni içidan yemiriş degan xulosaga kelişadi. Ammo şunda ham ular yaxşi niyatda ekanligini isbotlaş uçun SSSRga Germaniya va Avstriyani tark etiş, Koreya yarimoroli va Xitoydagi harbiy bazalarni tarqatib, qurollarni qisqartiriş töğrisida özaro bitimlar imzolaşni taklif qilişadi. SSSR rahbariyati Ğarb tomonidan qöyilayotgan bu şartlarga tabiiyki rozi bölmaydi.

SSSR rahbariyati mamlakat NATOga qabul qilinmagani uçun xafa böladi. Moskva tomonidan berilgan rasmiy bayonotda AQŞ, Buyuk Britaniya va Fransiyaning bu boradagi pozitsiyasidan afsus bildirilgan edi.

1955 yilda Fransiya NATOga qabul qilinadi. Şundan söng SSSR rahbariyati heç qaçon NATOga qöşila olmasligini tuşunib yetadi va öşa yili Varşavada Yevropadagi sotsialistik davlatlarining harbiy ittifoqini tuziş töğrisida şartnoma imzolanadi. Bu taşkilot «Varşava şartnomasi taşkiloti» deb nom oladi.

Oradan bir neça yil ötib, 1961 yilda NATO va VŞT loyihalarida iştirok etişni xohlamagan 120ga yaqin davlat dunyoda tinçlik saqlaş yölida yangi harakat – Qöşilmaslik harakatini tuzadi.

NATOning kengayişi

1952 yil 18 fevralda NATOga Gretsiya va Turkiya a’zo bölib kiradi. Bu tarixda «NATOning birinçi kengayişi» deb nomlangan. 1955 yil may oyida Germaniya Federativ Respublikasi, 1982 yil 30 mayda Ispaniya NATOga a’zo böladi. 1991 yilda SSSR tarqab ketişi ortidan u boşçilik qilib kelayotgan «sotsialistik lager» ham tözib ketadi va Şarqiy Yevropadagi davlatlarning barçasi sotsialistik tuzumdan keçib, Ğarbga, kapitalistik dunyoga yuzlanadi. Şundan söng, 1999 yil 12 martda Vengriya, Polşa va Çexiya NATO a’zolariga aylanadi.

2004 yilda Bolgariya, Latviya, Litva, Ruminiya, Slovakiya, Sloveniya va Estoniya Şimoliy Atlantika harbiy alyansi – NATOga qöşiladi. 2009 yil 1 aprelda taşkilot öz safini Albaniya va Xorvatiya bilan, 2017 yil 5 iyunda esa Çernogoriya bilan kengaytiradi.

NATOga hozirça oxirgi bölib, 2020 yil 27 mart kuni Şimoliy Makedoniya a’zo bölib kirdi. Şu tariqa, dastlab 12ta davlat iştirokida tuzilgan alyans a’zolari soni 30taga yetdi. Şuningdek, yana 3ta davlat – Bosniya va Gersogovina, Ukraina va Gruziya NATOga a’zo böliş uçun murojaat qilgan.

NATOga a’zo böliş uçun avvaliga ikkita şartga qaralgan. Birinçisi Yevropada joylaşgan davlat bölişi, ikkinçisi NATOga a’zo barça davlatlarning roziligini oliş. Keyinçalik SSSR tarqalib ketişi ortidan NATOga a’zo böliş uçun köplab davlatlar murojaat qilgaç, alyansga a’zo böliş şartlari murakkablaşdi. Endi NATOga a’zo bölmoqçi bölgan nomzod mamlakatning nafaqat qöşnilari bilan turli kelişmovçiliklari, balki hududiy jihatdan içki muammolari ham bölmasligi, şuningdek, harbiy xarajatlar uçun taşkilot talab qiladigan a’zolik badalini ajrata oladigan darajada iqtisodiy imkoniyatlarga ega bölişi lozim.

Şu örinda bir misol, Makedoniya NATOga a’zo böliş uçun taşkilotning 2008 yil Buxarestda ötkazilgan sammitigaça ariza topşirgan edi. Uşbu sammitda Gretsiya Makedoniyaning NATOga qöşilişiga qarşi böladi. Greklarning talabiga köra, Makedoniya Gretsiya viloyatlaridan birining nomi hisoblanadi va şu tufayli Makedoniya davlati öz nomini özgartirişi kerak edi. Bir neça yil davom etgan bahslardan söng, Makedoniya öz nomini Şimoliy Makedoniya deb özgartirişga rozi böldi va nihoyat 2020 yil 27 mart kuni taşkilot safiga qabul qilindi.

Vaziyatga taşkilotga a’zo böliş şartlaridan kelib çiqib qaralsa, Bosniya Gersogovina, Ukraina va Gruziyaning NATOga a’zo böliş orzusi yaqin kelajakda amalga oşişi dargumon. Ukraina va Gruziyada içki muammolar bunga yöl qöymasa, Bosniyada vaziyat biroz boşqaçaroq: mamlakatning bir qismini taşkil etuvçi Serb respublikasi Bosniyaning NATOga qöşilişini xohlamaydi. Bosniya Gersogovina uçta: Bosniya va Gersogovina federatsiyasi, Serb respublikasi va Brçko okrugidan iborat.

«Tinçlik yölida hamkorlik»

Bugun NATOga a’zo davlatlar soni 30ga yetgan bölsa-da, dunyoning yana köplab davlatlari bu taşkilot bilan özaro hamkorlik qiladi. Alyans 1994 yildan boşlab dunyoning köplab mamlakatlari bilan «Tinçlik yölida hamkorlik» dasturi asosida özaro hamkorlik qilib kelmoqda. Bu dastur böyiça hamkorlik qilinadigan davlatlar bir neça guruhga bölinadi. Masalan, Bosniya va Gersogovina «A’zolik uçun harakat» guruhiga kirsa, Ukraina va Gruziya «Özaro muloqotni jadallaştiriş» doirasida hamkorlik qiladi. Ozarboyjon, Armaniston, Qozoğiston, Moldaviya va Serbiya bilan «Yakka tartibdagi hamkorlik» rejasi böyiça hamkorlik qilinadi. «Tinçlik yölida hamkorlik» yönalişidagi umumiy guruhda esa Avstriya, Belarus, Irlandiya, Qirğiziston, Malta, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Özbekiston, Finlyandiya, Şveytsariya va Şvetsiya davlatlari bilan hamkorlik qilinadi.

Özbekiston va NATO örtasida «Tinçlik yölida hamkorlik» bitimi 1994 yil 13 iyulda imzolangan. Öşandan buyon Özbekiston ham NATO bilan özaro hamkorlik qilib kelmoqda.

NATOning şarqqa kengayişiga SSSRning munosabati

AQŞ va Kanada boşçiligida Yevropa mamlakatlari NATOni tuzar ekan, SSSR bunga xotirjam qarab tura olmas edi. Yuqorida yozilganiday, SSSR bu taşkilotga a’zo böliş uçun bir neça marta urinib köradi. Ğarb davlatlari SSSRni NATOga heç qaçon a’zo qilmasligi oydinlaşgaç, SSSR boşqa yöldan ketadi. 1955 yil 14 may kuni «sotsialistik lager»ga kiruvçi davlatlar: Albaniya, Bolgariya, Vengriya, Germaniya demokratik respublikasi, Polşa, Ruminiya, Çexoslovakiya va SSSR NATOga qarşi ölaroq «Varşava şartnomasi taşkiloti» deb nomlangan harbiy ittifoq bitimini imzolaydi. Jami 36 yil faoliyat olib borgan mazkur taşkilot 1991 yil 1 iyul kuni tarqatib yuboriladi. Qolaversa, 1952 yilda Turkiyaning NATOga a’zo bölişiga SSSRning bu davlatga nisbatan ilgari surgan hududiy da’volari sabab bölgan edi.

Rossiya-NATO munosabatlari

Rossiya NATOning şarqqa qarab kengayişidan doim xavotir bildirib keladi. Bu xavotirlarning birinçisi Rossiyaning birinçi prezidenti Boris Yelsin paytida bildirilgan edi. Öşanda AQŞ prezidenti Bill Klinton Yelsinga şunday degandi: «Boris, men sening xavotirlaringni yaxşi tuşunib turibman. Şuning uçun senga NATOning şarqqa qarab kengayişini qabul qil demayman. Ammo xavotirga ham örin yöq. NATO Rossiya bilan heç qaçon töqnaşmaydi. NATO-Rossiya munosabatlari har ikki tarafning qiziqişlari uçun xizmat qiladi va Rossiya NATOning haqiqiy hamkoriga aylanadi».

NATOga Şarqiy Yevropada ilk bor Polşa, Vengriya va Çexiya a’zo bölgan edi. Bu davlatlarda NATOga a’zo böliş masalasida referendum ötkazilgan va aholining aksariyat qismi harbiy blokka kiriş uçun ovoz bergan. Öşanda bu uç davlat uçun sovetlardan qolib ketgan qurollardan voz keçiş va NATO standartiga ötiş oson bölmagan. Ammo ular qiyinçilik bilan bölsa-da, bu işni qilişdi. Öşanda bu uç davlat rahbarlari özlariga Rossiya tomondan aniq xavf-xatar bölmasa ham, özlarini baxavotir his qilişlari uçun NATOga a’zo bölayotganlarini bildirgan. Masalan, Polşa prezidenti Lex Valensa biroz keskinroq fikr bildiradi: «Biz hammamiz hanuz Rossiyadan qörqamiz. Rossiya agressiv taşqi siyosatni yoqlaydi va uni Polşa hamda Ukrainaga qarşi qöllaşi mumkin». Polşa prezidenti bu gapini 1993 yilda, Polşaning NATOga a’zo bölişi masalasi hali taşkilot tomonidan körib çiqilayotgan vaqtda aytgan edi.

Rossiya va NATO örtasidagi ilk ziddiyatlar 2008 yil boşida Ukraina va Gruziya uşbu harbiy taşkilotning «NATOga qöşiliş uçun tayyorgarlik rejasi» safiga qöşilgani ortidan kelib çiqqan edi. Öşa yili 8 avgustda Rossiyaning Gruziyaga kirişi ziddiyatni yanada kuçaytiradi. Öşanda NATO rahbariyati Rossiyaning Janubiy Osetiyani himoya qiliş uçun Gruziya bilan uruşganini «Gruziyaga nisbatan agressiya» deb baholaydi. Şundan söng Rossiya-NATO muloqotlari töxtab qoladi.

Rossiya va NATO örtasidagi navbatdagi jiddiy ziddiyat 2014 yil martida Ukrainadagi voqealar ortidan kelib çiqadi. Ukraina mojarolarida mamlakat şarqidagi ayirmaçilarga Rossiyaning yordami haqida ma’lumotlar çiqavergaç, NATO va Rossiya munosabatlariga yana sovuqçilik tuşadi. Rossiya Qrimni öz tarkibiga qöşib olgaç esa munosabatlar tarixdagi eng yomon körinişga keladi. Şundan söng, 2014 yil 25 dekabrda Vladimir Putin yangi harbiy doktrinani tasdiqladi va unga köra NATOning Rossiya çegaralari tomon kengayib kelişi mamlakat uçun jiddiy xavf deb hisoblanişi qayd etildi.

Öşanda Rossiya va NATO örtasidagi sovuq munosabatlar uçun ikki tomon bir-birini ayblaydi. Rossiya tomoni bir neça marta özaro munosabatlar sovuqlaşişiga NATO sababçi bölganini ta’kidlab, munosabatlarni izga tuşiriş uçun taşkilot sustkaşlik qilayotganini bildiradi. NATO esa Rossiya özining agressiv harakatlari va lozim bölmagan örinda aralaşuvi bilan Ukraina şarqidagi vaziyat izdan çiqişiga hissa qöşgani, imkoniyati bölişi bilanoq «Ukraina ssenariysi» boşqa davlatlarda ham röy berişi mumkinligidan xavotirlarini bildiradi.

Şuningdek, NATO Rossiyaning Qrimni qöşib olgani ham xalqaro kelişuv va normalarga zid holda amalga oşirilganini ta’kidlaydi. Masalan, 2014 yilda Rossiya Qrimni qöşib olganidan söng NATOning öşa paytdagi boş kotibi Anders Fog Rasmussen taşkilotning navbatdan taşqari yiğilişida, Rossiya tomonidan Qrimning qöşib olinişini nafaqat Ukraina, balki butun Yevropa uçun jiddiy xavf deb baholaydi.

Qisqasi, har ikki tomon bir-birini qoralab kelişadi: Rossiya NATO çegaralari tobora özi tomon siljib kelayotgani uçun, NATO esa rasmiy Moskvani yuritayotgan siyosat mintaqa uçun xavfli köriniş olayotgani uçun ayblaydi.

2016 yilga kelib Rossiya-NATO muloqotlari qayta boşlanadi. Tomonlar örtasida Ukraina şarqidagi vaziyatni barqarorlaştiriş va IŞIDga qarşi kuraşda özaro hamkorlik qiliş masalalari köriladi. Ammo munosabatlar sovuqligiça qolaveradi. Rossiya TIV ma’lumotlariga köra, 2018 yil NATOning Bryusselda ötkazilgan sammitida Rossiya bilan çegaralar yaqinida harbiy-siyosiy tösiqlarni yaratiş, qöşinlarni joylaştiriş hamda harbiy infratuzilmani yanada yaxşilaş uçun taşkilot imkoniyatlarini körib çiqiş masalasi muhokama qilinadi.

2019 yil 15 aprel kuni Rossiya TIV örinbosari Aleksandr Gruşko «RIA Novosti»ga bergan intervyusida «Rossiya va NATO örtasidagi munosabatlar boşi berk köçaga kirib qolgani hamda fuqarolik va harbiy yönalişlarda özaro hamkorlik butunlay töxtab qolgani» haqida gapiradi.

Ammo şunday bölsa-da, bugungi kunda NATOning Bryusseldagi ştab-kvartirasida Rossiyaning doimiy vakili örni saqlanib turibdi. 2018 yil 22 yanvargaça bu vazifada Aleksandr Gruşko işlagan. U TIVga ötkazilgandan söng, uning örniga boşqa odam tayinlanmagan. Bundan şunday xulosa çiqariş mumkinki, har ikki tomonning özaro munosabatlari hanuz izga tuşgani yöq. Zero, ikki qutb baribir tutaşmaydi.

Ğayrat Yöldoş tayyorladi