Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyaning bosh epidemiologi koronavirusning ikkinchi to‘lqini bo‘lmasligini taxmin qildi
Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusning keng miqyosda yana avj olishi gripp pandemiyasi kabi bo‘lmaydi.
Shvetsiyaning bosh epidemiologi Anders Tegnell mamlakatda koronavirusning ikkinchi to‘lqini bo‘lmasligini taxmin qildi. U bu haqda TV4 telekanaliga bergan intervyusida aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusning keng miqyosda yana avj olishi gripp pandemiyasi kabi bo‘lmaydi. Tegnellning fikricha, Shvetsiya alohida tarqalishlarga to‘qnash keladi, ammo ommaviy zararlanish bo‘lmaydi.
Koronavirus pandemiyasi tufayli qattiq karantin cheklovlarini joriy qilgan Yevropaning ko‘plab davlatlaridan farq qilgan holda, Shvetsiya boshqa yo‘ldan bordi. Umumiy taqiqlar bo‘lmadi, ijtimoiy masofani saqlash va o‘zini yakkalash tavsiyaviy xususiyatga ega bo‘ldi. Jon Hopkins universiteti ma'lumotiga ko‘ra, bu boshqa mamlakatlarga nisbatan o‘lim darajasining yuqori bo‘lishiga olib keldi.
Worldometer ma'lumotlariga ko‘ra, Shvetsiyada pandemiya boshlanganidan buyon 86 068 ta kasallik yuqtirish holati qayd etilgan, 5810 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
09:05 / 29.05.2026
Shvetsiya Ukrainaga Gripen qiruvchi samolyotlarini beradi
10:03 / 13.05.2026