Marğilon şahar musiqali maqom teatrining oliy toifali drama artisti Kimsanboy Sobirov 65 yoşida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi ma'lum qildi.

Yusufjon qiziq Şakarjonov nomidagi Farğona viloyat musiqali drama teatrida Şarof Boşbekov asari asosida sahnalaştirilgan «Temir xotin» spektakli xalqning sevimli sahna asariga aylangan. Spektaklda Kimsanboy Sobirov Olim rolini maromiga yetkazib ijro etgan. Şu sababli muxlislar Kimsanboy Sobirovga «Olimtoy» deya murojaat qilişlari bejiz emas.

Kimsanboy Sobirov ijodiy faoliyati davomida önlab rollarni maromiga yetkazib ijro etgan. Mamlakat mustaqilligining 29 yilligi arfasida prezident farmoniga köra Kimsanboy Sobirov «Döstlik» ordeni bilan taqdirlandi.

Kun.uz tahririyati marhumning oila-a'zolariga çuqur ta'ziya izhor qiladi.