Toşkent şahrining Şayxontohur tumanida röyxatdan ötgan «International Job Organization» (IJO) xususiy bandlik agentligi 2019 yilda Xorazm viloyati markazi Urganç şahrida ham vakolatxonasini oçgan va odamlarni Yevropa hamda Osiyo mamlakatlariga işga yuborişga va'da berib, ular bilan şartnoma imzolab, katta miqdordagi mablağlarni olgan. Ayni paytda fuqarolardan heç kim işga jönatilmagan, ularning pullari ham qaytarib berilmagan.

Murojaatçilar nomidan sözlagan urgançlik Ğayrat Razzoqov quyidagilarni bayon qildi.

«2019 yil aprel oyida «IJO» XBA Xorazm viloyati filiali ofisiga bordim. Polşaga işga ketiş uçun şartnoma imzoladim, dastlabki tölov 1,6 mln sömni taşkil qildi. Filial rahbari 2 oy içida xorijga ketişimni, viza va yölkira bilan boğliq barça xarajatlar davlat hisobidan kredit orqali qoplanişini, işga joylaşib olganimdan söng maoşimning 10 foizi uşlanib borişini aytdi. Albatta bu jozibali taklif edi», dedi Razzoqov.

Ammo oradan 2 oy ötgaç ham fuqarolar işga jönatilmagan. Buning sababini sörab borganlar oldiga esa yangi şartlar qöyilgan.

«2 oy ham ötdi, biroq, xorijga ketiş haqida gap-söz bölmadi. Yana ofisga bordim. Şunda xorijga ketiş uçun til biliş şartligini, buning uçun öqişim lozimligini aytişdi. Rus tilini yaxşi bilişimni aytsam ham foydasi bölmadi. Rus tili kurslarida öqidik, imtihon ham topşirdik. Albatta buning uçun ham qöşimça pul tölandi», dedi Razzoqov.

Bu bilan fuqarolarning taşvişi kamaymagan. Endi ularning oldiga yangidan yangi şartlar qöyilgan, qöşimça tölovlar undirilgan.

«Oradan yana vaqt ötdi. Biroq, işga ketiş haqida gap-söz bölmadi. Yana ofisga bordim. Bu safar tibbiy körikdan ötiş lozimligini, buning uçun Jizzaxdagi klinikaga boriş kerakligini aytişdi. Katta miqdorda xarajat qilib, u yerga bordim. Köpçilik qatori 400 ming söm tölab, tibbiy körikdan ötdim. Biroz vaqt ötgaç, viza xarajatlari uçun ham pul tölaş şartligi aytildi. 3,8 mln söm töladim. Natijada, umumiy hisobda «IJO» XBAga 10 mln söm xarajat qildim», dedi Razzoqov.

Vaqt behuda ötavergaç, fuqarolarning sabr kosasi tölib, yo işga jönatişni yoki pullarni qaytarişni talab qilişni boşlaşgan.

«Hafsalam pir bölib, pulimni qaytarişlarini talab qilib, yana ofisga bordim. Boşqa fuqarolar ham kelib, şunday qilişayotganini kördim. Ammo har xil bahonalar bilan bizni tinçlantirişdi. Bir neça kundan keyin Toşkentdan «IJO» XBA rahbari kelib, «tantanali» yiğiliş ötkazdi. Balandparvoz gaplar aytildi, katta va'dalar berildi, yana işondik, tinçlandik», dedi Razzoqov.