Tekşiruvda “International Job Organization xususiy bandlik agentligi” MÇJning Xorazm viloyati filiali direktori Ğ.X. bir neça fuqarolarning işonçiga kirib, ularni Germaniya va Polşa davlatlariga işga yuboriş vaji bilan jami 193,2 mln söm pullarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritib, öz ehtiyojlari uçun işlatib yuborganligi aniqlangan.

 Şuningdek, Departamentning Andijon viloyat boşqarmasi tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan.

 Unda fuqaro E.T. fuqaro X.A.ni Polşa davlatiga işga yuboriş evaziga, 600 AQŞ dollarini “International Job Organization xususiy bandlik agentligi” MÇJning Andijon viloyati filiali binosida olgan vaqtida aşyoviy dalil bilan uşlangan.

 Uşbu holat yuzasidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda aniqlanişiça, “International Job Organization xususiy bandlik agentligi” MÇJning Andijon viloyati filiali menejyeri E.T. va boşqalar, fuqarolarni 45 kun muddat içida çet elga işga jönatişga işontirib, 2019 yilda 5 nafar fuqaroning 33,1 mln söm naqd pullarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritganliklari aniqlangan.

 Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

 Eslatib ötamiz, avvalroq Departamentning Surxondaryo viloyat boşqarmasi tomonidan “INTERNATIONAL JOB ORGANIZATION xususiy bandlik agentligi” MÇJ rahbari Ş.A. va boşqalar Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilayotganligi haqida xabar berilgandi.