Yana bir xususiy bandlik agentligidagi firibgarliklar fosh etildi
"INTERNATIONAL JOB ORGANIZATION" xususiy bandlik agentligidagi firibgarliklar fosh etildi

Foto: International Job Organization
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Mahkama xabariga ko‘ra, unda “INTERNATIONAL JOB ORGANIZATION xususiy bandlik agentligi” MChJ rahbari Sh.A. va boshqalar 2019 yil davomida fuqarolarning ishonchini suiiste'mol qilib, Daniya va Shveytsariya davlatlariga ishga yuborish vaji bilan ularning har biridan (61 nafar) 45 mln. so‘mdan jami 2,6 mlrd. so‘mni jamiyatning bank hisob raqamiga o‘tkazdirib, ularni ishga yubormasdan, fuqarolarning manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazishganligi ma'lum bo‘lgan.
Bundan tashqari, jamiyatga aloqador shaxslar 2019 yilning iyul oyida Koreya Respublikasiga ishga yuborish vaji bilan 4 nafar fuqaroning 16 500 AQSh dollari hamda 125 mln. so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritishib, o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborishganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan “INTERNATIONAL JOB ORGANIZATION xususiy bandlik agentligi” MChJ rahbari Sh.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

16:09 / 28.03.2025
Qarshida soliq inspeksiyasi xodimi pul talab qilib olganida ushlandi

18:37 / 27.03.2025
Shveytsariya elchisi ishga taklif bilan bog‘liq firibgarliklar haqida ogohlantirdi

23:32 / 15.03.2025
Toshkent viloyatida 1 mln dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

15:27 / 11.03.2025