Içki işlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti iş yurituvida «International Job Organization – xususiy bandlik agentligi» MÇJ mansabdor şaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi «a» bandi bilan qözğatilgan jinoyat işi böyiça tergov harakatlari olib borilmoqda.

https://ok.ru/videoembed/1618651253439

Aniqlanişiça, 1993 yil Qirğiziston Respublikasida tuğilgan, fuqaroligi bölmagan şaxs Abduraxmanov Şerzod Abdulxamidoviç Toşkent şahar, Yunusobod tumani, A.Doniş köçasi, 2-mavzeda joylaşgan, faoliyat turiga köra Özbekiston Respublikasidan taşqarida iş izlovçi fuqarolarni xorijiy davlatda işga joylaştiriş, böş iş örinlari haqida ma'lumotlar beriş hisoblangan «International Job Organization – xususiy bandlik agentligi» MÇJ uçun 2019 yilning 19 aprel kuni Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligidan 0058-sonli litsenziya olib, jamiyatga rahbarlik qilib kelgan.

Jamiyat taşkil topilgan kundan bugunga qadar bölgan vaqt oraliğida firibgarlik yöli bilan özganing mulkini qölga kiritişni maqsad qilib, respublikamizning barça viloyatlarida vakolatxona oçib, turli OAVlari orqali jamiyat haqida e'lonlar berib, boş ofis va vakolatxonaga işga joylaşiş böyiça murojaat qilib kelgan fuqarolarni Koreya Respublikasi va Yevropa qit'asida joylaşgan davlatlarga işga yuborişini va'da qilgan.

MÇJ fuqarolarga Taşqi mehnat migratsiyasi agentligidan olgan litsenziyani körsatib, Polşa davlatida faoliyat körsatib kelayotgan «APEX Sp.z.o.o» va «WIN SOLUTION Sp.z.o.o» korxonalari bilan tuzilgan Özbekiston Respublikasi fuqarolarini işga joylaştiriş töğrisidagi memorandumni körsatiş orqali fuqarolarning işonçiga kirib, amalda biror-bir fuqaroni işga jönatişni maqsad qilmasdan, har bir fuqarodan taklif etilgan davlatdagi işdan kelib çiqqan holda dastlabki tergov davomida aniqlangan 132 nafar fuqarodan 45 mln sömgaça bölgan miqdordagi pullarni agentlikning bank hisob raqamiga kirim qiliş yöli bilan qölga kiritgan.

Amalda esa uşbu fuqarolarning birortasini heç qaysi bir xorijiy davlatga işga yubormasdan, bu pullarni şaxsiy ehtiyojlari va jamiyatning faoliyati uçun maqsadsiz sarflab, özgalarning 5,6 mlrd söm miqdordagi pullarini egallaş jinoiy faoliyati bilan şuğullanib kelgan.

Mazkur holat yuzasidan Boş prokuratura Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti Surxondaryo viloyat boşqarmasi tomonidan «International Job Organization – xususiy bandlik agentligi» MÇJ direktori Ş.Abduraxmonov va boşqalarga nisbatan JKning 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.