Bugun, 2 sentyabrdan boşlab 2020/2021 öquv yili rasman boşlandi. Bu haqda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi xabar berdi.

Respublika oliy ta'lim muassasalaridagi öquv jarayoni tasdiqlangan öquv rejalari asosida masofaviy şaklda onlayn tarzda yölga qöyiladi.

Avvalroq, davlat OTMlarida kunduzgi ta'lim şaklida öqiyotgan barça talabalarga 10 foiz çegirma berilişi xabar qilingandi.

Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi hamda Moliya vazirligi tomonidan takliflar işlab çiqildi. 

Unga köra, 2020/21 öquv yilida amaldagi bazaviy tölov-kontrakt miqdori uçun kunduzgi şaklda öqiydigan barça talabalarga 10 foiz çegirma beriladi.

OTMlar tomonidan yetim, çin yetim, nogiron bölgan talabalarga hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj, «temir daftar» röyxatidagi oilalar farzandlari bölgan talabalarga kontrakt tölovlarini qoplaş uçun manzilli moddiy yordam körsatiladi. Bunda OTMlar mavjud mablağlari hisobidan talabalarning ijtimoiy holatidan kelib çiqib, 4 mln sömgaça moliyaviy yordam körsatiş imkoniyatiga ega böladi.

Qurolli Kuçlar safida muddatli harbiy xizmatni ötagan va OTMlarda tölov-kontrakt asosida öqiyotgan 4 mingdan ortiq talabaga şartnoma miqdorining 35 foizini tölaş orqali moddiy yordam körsatiladi. Uşbu moddiy yordam bir talabaga bir yilda 2,4 mln.sömdan 3,4 mln.sömgaça miqdorni taşkil etadi.