“2 sentyabrda oliy ta'lim muassasalariga kiriş uçun test va ijodiy imtihonlar boşlangan. Bu abituriyentlar öqişga qabul qilingaç, 2 oktyabrdan öqişni boşlaşi rejalaştirilmoqda.
Oliy öquv yurtlarining 2-4 kurs talabalari uçun esa öqiş bugun, 2 sentyabrda boşlanişi iyun oyidan beri aytib kelinmoqda”, dedi Babaşev AOKA ştabidagi brifingda.
Vazirlik rasmiysi akademik litseylarda öqişning boşlaniş muddatlari xususida ma'lumot berdi.
“Akademik litseylarda, oliy ta'lim muassasalari singari bugun, 2 sentyabrdan öqiş rasman masofaviy şaklda boşlandi.
Akademik litseylarda ta'limni masofaviy yoki an'anaviy şaklda boşlaş böyiça ota-onalar örtasida sörovnomalar ötkazilgan. Natijalar tahlil qilindi. Joriy yil 7-14 sentabr kunlari akademik litseylarning 1-bosqiçiga qabul qiliş böyiça test sinovlari ötkazilib, natijalari e'lon qilinişi bilan ta'lim an'anaviy yoki masofaviy şaklda davom ettirilişi yuzasidan qöşimça xabar beriladi”, deya matbuot kotibining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

















