III çorak onlayn boşlanişi mumkin, hududlarda qişki ta’til yana uzaytirilmoqda
|05:13 / 17.01.202370 8316 min
Qator viloyatlardagi barça ta’lim muassasalarida darslar 18 yanvarda emas, 23 yanvarda boşlanişi e’lon qilindi.
16 yanvar kuni Maktabgaça va maktab ta’limi vaziri mahalliy hokimliklar bilan videokonferensiyada uçraşib, III çorakni onlayn boşlaş masalasini muhokama qilgan.
«Ayni damda Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi öquvçilarni ob-havo şaroitlari barqarorlaşguniga qadar vaqtinça onlayn ta’lim tizimiga ötkaziş masalasini körib çiqmoqda»,– deyiladi vazirlik rasmiy xabarida.
Qayd etilişiça, vazir mahalliy hokimliklar joylardagi umumta’lim muassasalarining tayyorgarlik holatini yana bir bor qayta tahlil qiliş zarurligini ta’kidlagan.
Buxoro viloyati hokimligi hududda joylaşgan barça darajadagi ta’lim muassasalari uçun qişki ta’til yana bir bor uzaytirilgani haqida xabar berdi.
«Joriy haftada ham ob-havoda pasayişi kuzatilayotgani, şuningdek, ona-onalarning talab va istaklarini inobatga olib, viloyatdagi maktabgaça, maktab va professional ta’lim muassasalari, Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablar, oliy öquv yurtlarida qişki ta’til 22 yanvarga qadar uzaytirildi», – deyiladi izohda.
Andijon viloyati xalq ta’limi boşqarmasi(hozirgi maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi) ham rasmiy munosabat bilan çiqdi:
«Mahalliy hokimliklar bilan kelişilgan holda viloyat hududida sovuq ob-havo şaroiti saqlanib qolayotgani tufayli Andijon viloyatidagi ta’lim muassasalarida qişki ta’til 2023 yil 23 yanvarga qadar uzaytirildi. Öquv maşğulotlari 23 yanvar, duşanba kunidan boşlanadi».
Xorazm viloyatida ham ta’lim muassasalari 23 yanvardan oçiladi. Viloyatdagi boğça, maktab va Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablar, şuningdek oliy va örta maxsus ta’lim muassasalarida qişki ta’til 22 yanvarga qadar uzaytirildi. Bungaça uşbu muddat 18 yanvargaça edi.
Toşkent şahri
Mavzuga oid
dagi barça ta’lim muassasalarida (maktablar, litsey va kollejlar hamda oliy ta’lim dargohlari) öqiş 23 yanvardan
Toşkent şahar hokimligi hamda boşqa mas’ul taşkilotlar tomonidan ta’lim obektlaridagi harorat belgilangan me’yorda bölişi nazoratga olinişi aytilgan.
Toşkent viloyati hokimligi maktablarda qişki ta’til yana uzaytirilganini e’lon qildi.
«Toşkent viloyati hokimligi tomonidan ota-onalarning iltimosiga köra, anomal ob-havo tufayli yuzaga kelgan murakkab şart-şaroit tahlil qilindi, ota-onalar kengaşi vakillari bilan maslahatlaşildi. Xususan, kelayotgan beş kunlikda ham hudud anomal ob-havo ta’sirida bölişi haqidagi mutaxassislarning bildirgisi muhokama qilindi.
Şulardan kelib çiqqan holda, Toşkent viloyatida Maktabgaça ta’lim, Xalq ta’limi, örta-maxsus ta’limi muassasalarida öqişlar 23 yanvardan boşlanişi haqida qaror qabul qilindi. Öz navbatida, viloyatdagi Oliy ta’lim muassasalarida öqişlarning boşlaniş sanasi har bir öquv yurtining içki imkoniyat va şart-şaroitidan kelib çiqib, rektorlar tomonidan mustaqil ravişda belgilanadi», deyilgan xabarda.
Surxondaryo viloyati ham bu trendga qöşildi.
«Viloyat hududida sovuq ob-havo şaroiti saqlanib qolayotganidan kelib çiqib, Surxondaryo viloyatidagi mavjud barça darajadagi ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonlari 18 yanvardan boşlanişi belgilangan edi. Biroq joriy haftada ham ob-havoda pasayiş kuzatilayotganligi, şuningdek, ota-onalarning talab va istaklarini inobatga olib, viloyatdagi maktabgaça, maktab va professional ta’lim muassasalari, Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablar, oliy öquv yurtlarida qişki ta’til 22 yanvarga qadar uzaytirildi. Öquv maşğulotlari 23 yanvar, duşanba kunidan boşlanadi», deyiladi xabarda.
Qoraqalpoğiston Respublikasida boğça, maktab hamda Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablar, şuningdek oliy va örta maxsus ta’lim muassasalarida qişki ta’til 22 yanvarga qadar uzaytirildi (bungaça 18 yanvargaça edi).
Namangan viloyatida boğça, maktab hamda Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablar, şuningdek oliy va örta maxsus ta’lim muassasalarida qişki ta’til 22 yanvarga qadar uzaytirildi (bungaça 18 yanvargaça edi).
Qaşqadaryo viloyati hokimligi ham viloyatdagi boğça, maktab hamda Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablar, şuningdek, oliy va örta maxsus ta’lim muassasalarida qişki ta’til 22 yanvarga qadar davom etib, an’anaviy darslar 23 yanvar, duşanba kunidan boşlanişini e’lon qildi.
Sirdaryo viloyatida boğça, maktab hamda Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablarda, oliy va örta maxsus ta’lim muassasalarida ham öquv jarayonlari qişki ta’til 22 yanvarga qadar uzaytirildi (bungaça 18 yanvargaça edi).
Jizzax viloyatidagi maktablarda qişki ta’til 22 yanvarga qadar uzaytirildi. Viloyat XTB öquv maşğulotlari 23 yanvar, duşanba kunidan boşlanişini ma’lum qildi.
Navoiy viloyatidagi barça maktablarda qişki ta’til 22 yanvarga qadar uzaytirildi (bungaça 18 yanvargaça edi). Öquv maşğulotlari 23 yanvar, duşanba kunidan boşlanadi. Navoiydagi davlat boğçalari 19 yanvardan töliq faoliyatini boşlaydi.
Samarqand viloyatida esa barça maktablarda ertaga, 18 yanvardan öquv maşğulotlari boşlanadi. Bungaça ham viloyatdagi şaroiti yaxşi 500 dan oşiq maktabda darslar an’anaviy boşlab yuborilgan edi.
Farğona viloyati birinçi bölib maktablarda qişki ta’tilni 18 yanvarga uzaytirgandi. Bugun viloyatdagi boğçalarda ta’til 23 yanvargaça uzaytirilgani ma’lum qilindi, maktablar böyiça özgariş yöq. OTMda öqiş 11 yanvardan buyon davom etmoqda.