Bunda maktab ma’muriyati öquvçilarning ota-onalari bilan anketa-sörovnomalarini ötkazib, uning natijalariga köra talabgor öquvçilar röyxatini şakllantiradi. Ma’lumotlarga köra, “Online maktab”da öqitiş böyiça barça jarayonlar Toşkent şahar xalq ta’limi boş boşqarmasi hamda tuman xalq ta’limi bölimlari tomonidan nazorat qilib boriladi.
Tanlov jarayonlari qanday taşkil etiladi?
Öquvçilarni saralaş şu yil 5 noyabrda kiriş testi şaklida ötadi. Bunda bolaning dastlabki bilim darajasini aniqlaş va özlaştirişi qanday ekanligini biliş közda tutilgan.
Sinov natijalariga köra, keyinroq 30 nafardan özbek va rus sinflari şakllantirilib, jami 60 nafar öquvçi masofaviy ta’lim olişga yönaltiriladi.
Öquvçilar umumiy sonining 10 foizidan oşmagan qismi nogironligi tufayli uyda yakka tartibda tahsil olayotgan öquvçilar, Mehribonlik uylari tarbiyalanuvçilari hamda “Ayollar daftari”, “Temir daftar”da röyxatga qöyilgan kam ta’minlangan oila farzandlari tomonidan şakllantirilişi kutilmoqda.
Vazirlik xabariga köra, yuqoridagi şartlar asosida tanlab olingan öquvçilarga “Lider bolalar maktabi” nodavlat ta’lim muassasasida masofaviy bepul ta’lim beriladi.
Masofaviy ta’lim qay tartibda olib boriladi?
Qayd etilişiça, masofaviy ta’lim uçun “Online maktab” platformasi yaratilgan. Saralab olingan bolalar mana şu platformada yuritiladigan maktabning öquvçilar qatoriga qöşiladi.
Unda umumta’lim muassasalarining 7-sinflari uçun barça fanlar böyiça onlayn dars materiallari jamlangan böladi. Platformadagi har bir videodars davomiyligi 9 daqiqagaça davom etadi.
Şuningdek, ta’kidlanişiça, masofadan öqitiş jarayonlarida öquv dasturlarini ekranda örganayotgan öquvçilarga har 20 daqiqadan söng tanaffus beriladi. Ularga biriktirilgan pedagoglar özlaştirişdan orqada qolayotgan öquvçilar bilan individual (yakka tartibda) iş olib boradi.
“Öquv jarayonlari Özbekistonda belgilangan öquv dasturlari, öquv reja va darsliklar asosida, sinxron (onlayn) va asixron (platformada mustaqil örganiş) tartibida taşkil etiladi.
Tajriba-sinov yakunlari böyiça kelgusida umumiy örta ta’lim bosqiçida masofaviy ta’lim şaklini joriy etiş böyiça zarur takliflar tayyorlanadi”, – deyiladi xabarda.

















