Jahon | 18:19 / 15.09.2020
25604
1 daqiqa o‘qiladi

Virusolog koronavirusdan tuzalganlar atrofdagilar uchun qancha vaqt xavfli bo‘lishi mumkinligini aytdi

Virusologning so‘zlariga ko‘ra, virus kasallikdan so‘ng uch oy davomida saqlanib qolishi mumkin bo‘lsa-da, uning miqdori kasallikdan tuzalgan inson boshqalarga yuqtirishi uchun juda kamlik qiladi.

Foto: Reuters

Moskva davlat universitetining "Virusologiya" kafedrasi professori Aleksey Agranovskiy Rospotrebnadzor rahbari Anna Popovaning koronavirusdan tuzalgan inson 90 kungacha atrofdagilarga virus yuqtirishi mumkinligi to‘g‘risidagi gaplariga izoh berdi.

Virusologning so‘zlariga ko‘ra, kasallikning barcha simptomlari yo‘qolganidan keyin bemor atrofdagilar uchun ikki hafta davomida xavfli bo‘lishi mumkin. Shu bois bu davr mobaynida izolyatsiyada bo‘lish lozim.

"U ikki haftadan so‘ng atrofdagilar uchun xavfsiz bo‘ladi", — dedi Agranovskiy.

Uning qo‘shimcha qilishicha, virus kasallikdan so‘ng uch oy davomida saqlanib qolishi mumkin bo‘lsa-da, uning miqdori kasallikdan tuzalgan inson boshqalarga yuqtirishi uchun juda kamlik qiladi.

Avvalroq Rospotrebnadzor Anna Popova koronavirusdan sog‘ayganlar 90 kungacha virus tarqatishi mumkinligini aytgan.

Mavzuga oid