Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Chekinadigan joyimiz yo‘q»: Lukashenko kuchishlatar tuzilmalarni keskin choralar ko‘rishga chaqirdi
Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, Belarus muxolifati belgilangan «qizil chiziqni ko‘p yo‘nalishlarda kesib o‘tdi».
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko IIV jamoasi bilan uchrashuvda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini namoyishchilarga qarshi keskinroq munosabatda bo‘lishga chaqirdi, deb xabar bermoqda BelTA.
«Bugundan boshlab, ayniqsa, fuqarolar yashirinib olgan xonadonlarda hech kimni asirga olmaymiz. Agar kimda-kim harbiylarga qo‘l tegizsa, u kamida qo‘lsiz qoladi. Qat'iyligimizni barcha tushunishi uchun buni omma oldida aytyapman. Buyog‘iga – tamom. Chekinadigan joyimiz yo‘q va chekinmoqchi emasmiz», — dedi Lukashenko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Belarus muxolifati belgilangan «qizil chiziqni ko‘p yo‘nalishlarda kesib o‘tdi».
Avvalroq Lukashenko xalq drujinalarini sobiq harbiylarni jalb etish hisobiga kuchaytirish kerakligini aytgandi.
«Xalq drujinalari ishlashi kerak. Oxir-oqibat ular harakatga kelishi va himoya qilishlari lozim. Mamlakatni himoya qilmasin, uni biz — generallar va boshqalar, omonchilar, ichki qo‘shinlar, armiya — himoya qilamiz. O‘z uylarini himoya qilishsin», — degandi Lukashenko.
IIVning xabariga ko‘ra, o‘tgan yakshanba kuni o‘tkazilgan norozilik namoyishlarida 500dan ortiq kishi qo‘lga olingan. Minskda namoyishchilarga qarshi yorug‘lik-shovqin granatalari qo‘llanilgan. Namoyishchilar ta'qibdan qochib xonadonlarga yashirinishga urinishgan, ammo maxsus kuchlar ichkariga kirib ularni qo‘lga oldi, deb yozdi Tut.by.
29 oktabr kuni Aleksandr Lukashenko mamlakat ichki ishlar vazirligiga yangi rahbar tayinladi. Bu lavozimni shu vaqtga qadar Minsk IIBB rahbari bo‘lib ishlagan Ivan Kubrakov egalladi. So‘nggi bir yildan oshiq vaqt davomida IIV rahbari bo‘lgan Yuriy Karayev prezident yordamchisi - Grodno oblasti bo‘yicha inspektor etib tayinlandi.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
22:16 / 16.06.2026
Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko
09:00 / 01.06.2026
Lukashenko: “Ukrainadagi voqealar Armaniston uchun saboq bo‘lishi kerak”
22:20 / 24.05.2026