Muhim özgarişlar

Lukaşenko yana ikkita muhim lavozim rahbarlarini almaştirgan. Qariyb sakkiz yil davomida KGB rahbari bölgan, sentabr oyi boşida Belarus xavfsizlik kengaşi kotibi etib tayinlangan Valeriy Vakulçik prezidentning Brest oblasti böyiça yordamçisiga aylangan. Içki işlar vaziri örinbosari sifatida işlab kelgan Aleksandr Barsukov esa Minsk böyiça inspektor lavozimiga tayinlangan.

Bu tayinlovlar haqida e'lon qilar ekan, Lukaşenko avgust oyidagi prezidentlik saylovlaridan keyin boşlangan norozilik namoyişlarini eslab ötgan.

«Men kadrlar masalasida qarorlar qabul qildi, siz uçalangiz nafaqat xavfli, balki mamlakatimiz uçun juda mas'uliyatli bölgan hududlarga yöl olasiz. Vaziyat qanday tus olişini hali bilmaymiz», – deya uning sözlaridan iqtibos keltirgan BeLTA davlat agentligi.

«Nima uçun siz? Siz harbiy odamlarsiz, barçasidan xabardorsiz, sizlarga örgatiş şart emas», deya qöşimça qilgan Lukaşenko.

«Bu ham uruş»

54 yoşli general Yuriy Karayev 2019 yil iyunidan buyon IIVni boşqarib kelayotgandi, u muqaddam maxsus topşiriqli bölinmalarga rahbarlik qilgan.

Karayev şu yil avgustida prezidentlik saylovlari natijalari ortidan boşlangan norozilik namoyişlari vaqtidagi keskin bayonotlari bilan yodda qoldi.

«Ular namoyiş qiliş uçun nimagadir qarşi çiqişdi. Içki işlar organlarida bağrikeng va tinçliksevar odamlar xizmat qilişadi, lekin biz ommaviy tartibsizliklarga qarşi jiddiy tayyorgarlik köramiz, çunki bu davlatçilikka zarar yetkazişi mumkin. Biz buni boşqa davlatlar misolida köp körganmiz, tinç namoyişlar oxir-oqibat davlat yöq bölişiga olib kelişi ham mumkin. Biz bunga qarşi çiqdik.

Bu ham uruş, yaşirin gibrid uruş, afsuski unda bizning fuqarolarimizni sotib olişdi», – degandi vazir şu haftada «Belarus 1» telekanali efirida.

Sentabr oyida Karayev namoyişçilar tajovuzkorlikni kuçaytirişsa, militsiya bunga javoban qurol qöllaşi mumkinligini istisno etmagandi.

U hukumat namoyişçilar orasiga kirib olgan guruhlarni payqagani haqida gapirgandi. «Ular futbol fanatlariga, anarxistlarga öxşaydigan jangçilar. Ularning soni 9-10 nafar», – degandi avgust oyida Karayev.

Avgust oyi oxirida Karayev Rossiyaning RT telekanaliga bergan intervyusida içki işlar organlari safidan böşab, namoyişçilarga qöşilganlarni xoinlar deb atagandi.