Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda Imomali Rahmonning inauguratsiya marosimi o‘tkazildi
Rahmon 11 oktyabrda o‘tgan prezident saylovlarida 90 foizdan ko‘proq ovoz bilan g‘alaba qozongandi.
Videodan kadr
Dushanbeda beshinchi marta Tojikiston prezidenti etib saylangan Imomali Rahmonning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi.
Millatlar saroyida markaziy saylov komissiyasi raisi Baxtiyor Xudoyorzoda Rahmonga Tojikiston prezidenti guvohnomasini topshirdi. So‘ngra "Ko‘hi Somon" hukumat qarorgohida har ikki parlament palatalari va hukumat a'zolari ishtirokida Tojikiston prezidenti qasamyod qildi.
Rahmon 11 oktyabrda o‘tgan prezident saylovlarida 90 foizdan ko‘proq ovoz bilan g‘alaba qozongandi. Ushbu saylovlar mamlakatda o‘tkazilgan oltinchi prezidentlik saylovlari bo‘ldi.
Tojikistonda 1991 yilda birinchi marta o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarida mamlakat kompartiyasining sobiq birinchi kotibi Rahmon Nabiyev g‘alaba qozongandi. U 1992 yil sentyabrda yuz bergan fuqarolik urushi ortidan iste'foga chiqqan va 1993 yilda vafot etgan.
Rahmon 1992 yil noyabrda respublika oliy kengashi raisi lavozimiga saylanib, mamlakatni boshqara boshlagan.
Mavzuga oid
15:45 / 03.04.2026
Tojikistonda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi
18:41 / 02.04.2026
Tojikiston prezidenti oziq-ovqat narxlari «misli ko‘rilmagan darajada» oshishidan ogohlantirdi
20:14 / 27.03.2026
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Buxoroda to‘qimachilik korxonasiga tashrif buyurdi
15:27 / 27.03.2026