Bugungi kunda qoğoz şaklidagi mehnat daftarçalari amaliyoti faqatgina MDH davlatlarida saqlanib qolgan. Mehnat daftarçalari Rossiyada 1918 yildan tajriba tariqasida joriy etilgan, 1939 yildan majburiy qilib qöyilgandi. Mehnat daftarçasi bölmagan fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlariga kartoçka va boşqa imtiyozlar taqdim etilmaganligi uçun barça sobiq SSSR fuqarolari ötgan asrda ommaviy tarzda mehnat daftarçalariga ötişgan. Şuning uçun ham barça MDH davlatlarida hanuzgaça mehnat daftarçalaridan foydalaniş odat tusiga kirgan.

Köplab ğarb davlatlarida jumladan, AQŞda mehnat faoliyatining hisobini yuritadigan maxsus elektron tizimlar mavjud emas. Iş beruvçilar nomzodlardan buning örniga rezyume, diplom, oldingi iş joyidan tavsiyanoma talab qilişadi. Agar taqdim etilgan hujjatlardan şubhalanişsa nomzod hujjatlari bilan korxonaning içki xavfsizlik xizmati xodimlari şuğullanişadi. Germaniya, Italiya, Avstriya va Fransiya davlatlarida mehnat daftarçasining analogi mehnat kartoçkalari işlatiladi. Buning mehnat daftarçasidan farqi şuki kartoçkani nomzod iş beruvçiga öz xohişiga köra taqdim etadi.

Yaqin tarixda köplab Ğarbiy Yevropa davlatlarida ham mehnat daftarçasi amaliyoti mavjud bölgan va majburiy bölgan. Mazkur daftarçalarga birinçi bölib Napoleon davrida, xususan Fransiyada XIX asr boşlarida asos solingan. Keyinçalik 1832 yildan Daniyada, 1892 yildan Germanida qöllanila boşlangan. Mehnat daftarçalari işçi qatlamni burjua qatlamiga qaramligini kuçaytirib yubordi va va mehnat daftarçalarini bekor qiliş XIX oxirlariga kelib Ğarbiy Yevropa davlatlaridagi burjua inqilobining asosiy şiorlaridan biriga aylandi.

Ispaniyada barça xodimlarning işga yollanişi va böşatilişi, şuningdek soliq tölovlarining hisobini yuritiş imkonini beradigan Vida Laboral (mehnat faoliyati) deb nomlangan elektron tizim mavjud. Bunda barça ma'lumotlar Mehnat vazirligi va Ijtimoiy suğurtalaş fondi tomonidan verifikatsiyalanadi