9 noyabr kuni mehnat migranti özini özi band qilgan şaxsga tenglaştirilgani bilan boğliq masalalarga bağişlangan matbuot anjumani ötkazildi.
Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan taşqari pensiya jamğarmasi bölimi boşliği Abror Xolmatov 20 yildan buyon Rossiyadagi davlat korxonasida elektr ustasi bölib işlaydigan özbekistonlikning mehnat daftarçasidagi 20 yillik mehnat staji pensiyaga çiqiş uçun qançalik yordam berişi töğrisidagi savoliga javob berdi.
«Vazirlar Mahkamasining 46-sonli qarori bilan şu narsa belgilangan: fuqaro Özbekiston Respublikasini kesib ötganidan keyin (albatta respublika çegarasini kesib ötiş yöli bilan ötiş kerak) pasportidagi kirdi-çiqdi ştamplari bu çegaradan kirib çiqqanligi haqidagi asosiy hujjat hisoblanadi.
Qarorda iş stajini tasdiqlovçi hujjatlar aytib ötilgan. Tasdiqlovçi hujjatlar, bu birinçi navbatda – mehnat daftarçasidagi yozuvlar. Agar mehnat daftarçasidagi yozuvlar bölmasa, çet elda işlaganligi töğrisida iş beruvçisidan ma'lumotnoma, bu ikkinçisi. Agar bunisi ham bölmasa, çet eldagi Özbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasidagi ma'lumotnomasi ham iş stajini hisoblaş uçun asos sanaladi.
20 yildan beri Rossiyada işlab kelgan fuqaro Özbekistonga kirib kelganidan söng 36 oy mobaynida Rossiyada işlagani töğrisida mehnat daftarçasi bilan kelib, Pensiya jamğarmasiga ariza bilan murojaat qiladi. Pensiya jamğarmasi mehnat daftarçasidagi çet elda işlagan davrining hisob-kitobini çiqarib beradi va tölov miqdorlarini belgilab beradi.
Şundan keyin uşbu fuqaro 36 oy mobaynida tölovlarni amalga oşirişi mumkin. Faqatgina tölovlarni amalga oşirgandan söng bu fuqaroning 20 yillik iş staji hisobga olinadi. Şu narsani unutmasligimiz kerak. Rossiya yoki boşqa davlatda işlagan davrdagi mehnat daftarçasidagi 1991 yildan keyingi yozuvlar Pensiya jamğarmasiga tölangan badallari hisobidan iş staji hisoblanadi. Agar badallar öz vaqtida tölangan bölsa, fuqaroning 20 yillik iş staji töğridan töğri iş stajiga olinadi. Faqat badallar tölangan bölişi kerak. Takrorlab aytaman, badallarni ixtiyoriy ravişda tölaş kerak böladi», deya Abror Xolmatovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.















