ştat jadvaliga muvofiq iş örinlari (agar mavjud bölsa), şu jumladan böş iş örinlari, jumladan ma'muriy, işlab çiqariş va texnik xodimlar töğrisidagi barça axborot kiritiladi.
Har bir iş örni alohida taşkil etiladi. Lavozimlar nomi Klassifikator (MMSK böyiça kod, xodimlar toifasi, ta'limning eng past darajasiga talablar körsatiladi) böyiça kiritiladi. Agar röyxatga olinayotgan lavozim Klassifikatorda bölmasa, undan ahamiyati böyiça eng yaqin lavozimni tanlaş, pastda esa mehnat şartnomasi böyiça töliq nomini körsatiş zarur. Şuningdek, maoş, stavka miqdori, lavozim vazifalari, iş şaroitlari (iş grafigi) ham körsatiladi.
Iş örni mehnat şartnomasi röyxatdan ötkazilgunga qadar, u dastlabki holatda böş iş örni sifatida belgilanadi.
Agar iş beruvçi mehnat munosabatlarini rasmiylaştiriş böyiça vakolatlarini özining tarkibiy tuzilmalariga bersa, ularning xodimlari, iş örinlari va böş iş örinlari töğrisidagi axborotni kiritiş, şuningdek mehnat şartnomalarini röyxatdan ötkaziş uçun ştat tuzilmasi (jadvali)ning alohida bazasini şakllantirişga yöl qöyiladi. Buning uçun YaMMT operatoriga tegişli sörov beriş kerak.
IV bosqiç. Mehnat şartnomasini röyxatdan ötkaziş
Iş örni töğrisidagi sahifa töldirilgandan keyin mehnat şartnomasini röyxatdan ötkaziş imkoniyati oçiladi. Bu yerda xodim va mehnat şartnomasi töğrisidagi ma'lumotlar kiritiladi. Xodimning F.I.O.ni kiritişda xatoning oldini oliş uçun taşkilotning javobgar şaxsi pasportning seriyasi, raqami va JŞŞIRni kiritadi. Agar hammasi töğri körsatilgan bölsa – F.I.O. avtomatik tarzda çiqadi. Yaşaş joyi manzili propiska böyiça qölda kiritiladi.
Şundan keyin mehnat şartnomasi raqami, u tuzilgan sana, xodimning iş vaqti rejimi, sinov muddati, bandlik turlari, ta'tillar, ustamalarni qöşgan holda (ularning miqdori körsatilmagan holda) mehnatga haq tölaş töğrisidagi ma'lumotlar körsatiladi.
Kiritilgan ma'lumotlar yuridik şaxsning ERI bilan tasdiqlanadi. Har bir röyxatdan ötkazilgan şartnomaga keyinçalik xizmatda foydalaniş uçun noyob raqam beriladi. Agar iş beruvçi ma'lumotlarni notöğri kiritgan bölsa, buni 5 iş kuni mobaynida tahrir qiliş mumkin. Bu muddat tugagandan keyin endi ERI identifikatsiyasi bilan YaMMT aloqa kanallari orqali operatorga murojaat qiliş lozim. Operator barça murojaatlarni navbat tartibida 5 iş kuni mobaynida körib çiqadi.
Mehnat şartnomasiga özgartirişlar kiritiş uçun qöşimça kelişuv xuddi şunday tartibda röyxatdan ötkaziladi. YaMMTga ma'lumotlarni kiritiş uçun iş beruvçilar şartnoma asosida xususiy taşkilotlar xizmatidan foydalanişlari mumkin.
Ta'tillar va işdan böşatişni röyxatdan ötkaziş
Barça ta'til turlarini taqdim etiş ham YaMMTda röyxatdan ötkaziladi. Maxsus oynada ta'til turini (mehnat, iş haqi saqlanmagan, tuğişgaça, bolani parvarişlaş va hokazo) tanlaş va uning boşlaniş sanasini körsatiş lozim. Mehnat şartnomasi tugatilganda işdan böşatiş töğrisidagi buyruqning raqami va sanasi, şuningdek xodim u asosda işdan böşatilgan Mehnat kodeksi moddasi kiritiladi.
Yana bir bora eslatib ötamiz, kiritilayotgan ma'lumotlar ERI bilan tasdiqlanadi, töldiriş çoğidagi xatolarni esa 5 iş kuni mobaynida tuzatiş mumkin. Bu muddatdan keyin tizim operatoriga murojaat qiliş lozim.
Işdan böşatiş röyxatdan ötkazilgandan keyin mehnat şartnomasi töğrisidagi barça yozuvlar taşkilotning elektron arxiviga tuşadi. U taşkilot faoliyatining butun davrida xodimlar bilan mehnat şartnomalarini tuziş, ularga özgartirişlar va qöşimçalar kiritiş, tugatiş töğrisidagi axborotni saqlaydi va iş beruvçining şaxsiy kabineti orqali kiriş mumkin.
Jismoniy şaxsning şaxsiy kabineti
YaMTda öz ma'lumotlariga kiriş uçun xodim my.mehnat.uz orqali avtorizatsiya qilişi va «Elektron hukumat» tizimida JŞŞIR böyiça identifikatsiya qilişi zarur. Buning uçun jismoniy şaxsning ERI yoki taşkilotning vakolatli xodimi yoki mehnat organi tomonidan verifikatsiya qilingan mobil telefon raqamiga SMS-xabarnomadan olingan kiriş kodi zarur.
Agar xodim özining kontakt ma'lumotlariga qandaydir özgartirişlar kiritişni xohlasa, u bu haqda kadrlar böyiça xodimga yozma ariza berişi kerak. Jismoniy şaxs mamlakatdan DYaJga çiqib ketgan yoki vafot etgan holda şaxsiy kabinet ma'lumotlarini YaMMTda saqlaş davom etadi va işonçli vakillar yoki huquqiy vorislarga taqdim etilişi mumkin.
Elektron mehnat daftarçasi
U özini YaMMTda quyidagi asoslarga köra şakllantiriladigan, jismoniy şaxsning mehnat faoliyati töğrisidagi ma'lumotlardan iborat elektron hujjat sifatida namoyon qiladi:
vaqtinçalik mehnat faoliyati uçun xorijga çiqayotganlar tomonidan Pensiya jamğarmasiga tölangan suğurta badallari.
Mehnat daftarçasi xodim (F.I.O., tuğilgan sanasi, ma'lumoti, kasbi, mutaxassisligi), işga joylaşiş davrlari (işga qabul qiliş, boşqa işga ötkaziş), hisoblangan iş haqi, tölangan jismoniy şaxslar daromadidan olinadigan soliqlar töğrisidagi axborotni öz içiga oladi. Iş beruvçi mehnat şartnomasini röyxatdan ötkazgandan keyin mehnat daftarçasiga kiriş imkoniyati böladi. Xodimning kirişi uçun ERI yoki SMS-xabarnoma körinişidagi kiriş kodi zarur böladi.
Jismoniy şaxslar tizimga özining işga joylaşişining ötgan davrlari töğrisidagi axborotni mustaqil ravişda kiritişlari mumkin. U yozuv kiritilgandan keyin 15 kun içida Pensiya jamğarmasi organlari tomonidan verifikatsiya qilinişi (tasdiqlanişi) kerak.
Iş beruvçi xodim töğrisidagi ma'lumotlardan u bilan mehnat şartnomasi tugatilgunga qadar foydalanişi mumkin. Işdan böşatilgandan keyin keyingi mehnat tarixini iş beruvçi endi körmaydi.
Agar taşkilot tugatilsa yoki qayta taşkil etilsa...
Iş beruvçini tugatişda, uning şaxsiy kabinetiga kiritilgan ma'lumotlar YaMMT ma'lumotlari arxiviga yuboriladi, ular u yerda muddatsiz saqlanadi. Unga YaMMT operatori pensiya tayinlaş bilan boğliq manfaatdor şaxslar buyurtmalarini körib çiqiş uçun kirişi mumkin.
Taşkilot mulkdori özgarganda yoki u qayta taşkil etilganda (qöşib yuboriş, birlaştiriş, böliş, ajratib çiqariş, qayta tuziş) şaxsiy kabinet ularning huquqiy vorislarida saqlanib qoladi.
Özini özi band qilganlar töğrisidagi axborotni kiritiş
Mehnat organlari özini özi band qilganlar uçun vaqtinçalik guvohnoma berilgan sanadan boşlab uç kundan keçiktirmay ular töğrisidagi axborotni YaMMTga kiritadi. Kiritilayotgan mehnat faoliyatini amalga oşiriş davri berilgan guvohnomaning amal qiliş muddatiga teng (1 oydan 12 oygaça) va pensiya hisoblab çiqariş uçun şaxsning stajiga qöşiladi. Endi guvohnomani taqdim etiş yöli bilan bu davrni tasdiqlaş şart emas.
Agar tizim bilan işlaş çoğida u yoki boşqa şakllarni töldiriş asnosida qiyinçiliklar yuzaga kelsa, my.mehnat.uz saytining “Yordamni körsatiş” va “Tizim böyiça yordam” maxsus bölimlaridan foydalaniş mumkin, unda batafsil tuşuntirişlar taqdim etilgan.