Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida yangi direksiya taşkil etilyapti. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida aytilgan.
Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini (“YaMMT” IDAK) boşqariş direksiyasi taşkil etiladi.
Direksiya zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklatiladi:
iş beruvçilar tomonidan mehnat şartnomalarining örnatilgan tartibda röyxatdan ötkazilişini monitoring qiliş, mehnat şartnomalarini röyxatdan ötkazişda iş beruvçilar va xodimlarga texnik yordam körsatiş, şu jumladan, tegişli ma'lumotlarni kiritiş va oliş uçun zarur apparat vositalarini taqdim etiş;
“YaMMT” IDAKni qöllaş, elektron mehnat daftarçasini şakllantiriş va joriy qiliş, xodimning mehnat staji töğri hisoblanişini ta'minlaş jarayonida yuzaga keladigan barça masalalar böyiça iş beruvçilarga texnik va axborot kömagini taqdim qiliş, şuningdek, “YaMMT” IDAK foydalanuvçisi hisoblangan fuqarolarga axborot kömagini körsatiş;
“Elektron hukumat” tizimiga kiruvçi axborot tizimlari bilan “YaMMT” IDAK ma'lumotlarini almaşiş masalalari böyiça idoralararo hamkorlikni taşkillaştiriş;
“YaMMT” IDAKdan samarali va işonçli foydalaniş, iş beruvçilar va xodimlar şaxsiy ma'lumotlarining axborot xavfsizligi va maxfiyligini ta'minlaş;
joriy etilayotgan mehnat şartnomalarini röyxatdan ötkaziş va elektron mehnat daftarçalarini yuritiş tartibini tuşuntirib beruvçi, “YaMMT” IDAKni rivojlantiriş va takomillaştiriş istiqbollari haqida materiallar tayyorlaş va ommaviy axborot vositalarida çop etiş, teleradiokanallarda maxsus telekörsatuvlar va radioeşittirişlar taşkil qiliş.
Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
har yili Bandlikka kömaklaşiş jamğarmasining xarajatlar smetasida “YaMMT” IDAKni ta'minlaş, rivojlantiriş, takomillaştiriş, samarali işlab turişi va axborot xavfsizligini ta'minlaş uçun mablağlarni nazarda tutadi;
Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi bilan birgalikda “YaMMT” IDAKning işlab çiqilayotgan Davlat fuqarolik xizmatining yagona elektron axborot-tahlil tizimi bilan integratsiyalaştirişni nazarda tutadi;

















