Elektron mehnat daftarçalarini yuritiş tartibi töğrisidagi nizom loyihasi e'lon qilindi.

Qayd etilişiça, 2020 yil 1 yanvardan boşlab, röyxatdan ötkaziladigan mehnat şartnomalaridagi ma'lumotlar asosida “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (“YaMMT” IDAK)da avtomatik tarzda şakllantiriladigan xodimning mehnat faoliyati töğrisidagi ma'lumotlarni (ularga özgartişlar va qöşimçalar) va "YaMMT" IDAKga kiritilgan xodim töğrisidagi boşqa ma'lumotlarni öz içiga oluvçi xodimning elektron mehnat daftarçasi (XEMD) joriy etiladi.

XEMD quyidagi maqsadlarga möljallangan:

xodimning mehnat faoliyati töğrisidagi ma'lumotlariga xodim va iş beruvçining tez va qulay kirişini (ega bölişini) ta'minlaş;

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi tomonidan işlangan iş davrlari verifikatsiya qilingan xodimning iş stajini, şu jumladan maxsus iş stajini aniqlaş;

xodimning iş staji davrida iş joyi, kasbiy va lavozim harakatlari töğrisidagi ma'lumotni tasdiqlaş (xodimning mehnat tarixi);

xodim va iş beruvçilar örtasida, şuningdek xodim va budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi organlari örtasida hujjat aylanişi mexanizmlarini soddalaştiriş va tezlaştiriş.

Şaxslarga:

2020 yil 1 yanvardan keyin birinçi marta işga kirganlar (qoğoz körinişida/şaklida mehnat daftarçasi bölmaganlar) mehnat faoliyati töğrisidagi ma'lumotlar faqat XEMDga kiritiladi;

2020 yil 1 yanvar holatiga taşkilotlarda işlaydigan xodimlar uçun (iş beruvçida Mehnat kodeksining 81-moddasiga muvofiq saqlanayotgan xodimning qoğoz körinişida/şaklidagi mehnat daftarçasi)kadrlar tadbirlari böyiça ma'lumotlar 2020 yilning 1 yanvardan boşlab XEMDga kiritiladi, xodimning qoğoz körinişida/şaklidagi mehnat daftarçasi xodimga saqlaş uçun topşiriladi.

Mehnat faoliyatini 2020 yil 1 yanvardan keyin boşlagan şaxslar (işga birinçi marta kirayotganlardan taşqari) avvalgi iş beruvçi tomonidan "YaMMT" IDAKga kiritilgan ma'lumotlarni, işga kiriş jarayonida XEMD va "YaMMT" IDAKdagi ma'lumotlar nusxasini, noyob tekşiriş kodi va QR kodi bilan ilovaga muvofiq keltirilgan namuna böyiça taqdim etadi.

Taqdim etilgan ma'lumotlarning haqiqiyligi "YaMMT" IDAKda noyob tasdiqlaş kodi va QR kod yordamida tekşiriladi.