Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Vazirlik ishida xatolarga yo‘l qo‘yildi va buning uchun javobgarlik mening zimmamda” – Daniya qishloq xo‘jalik vaziri iste'fo berdi
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, u parlament roziligini olmasdan turib koronavirusga qarshi kurashish uchun millionlab qorako‘zanlarni qirib tashlash qarorini chiqarib xatoga yo‘l qo‘ygan.

Foto: AP
Daniya qishloq xo‘jaligi vaziri mamlakatdagi barcha qorako‘zanlarni qirib tashlash rejasi bilan bog‘liq vaziyat tufayli iste'foga chiqishini ma'lum qildi.
"Bugun bosh vazirni hukumatni tark etmoqchi ekanligimdan xabardor qildim", - deya vazirning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Associated Press.
"Men rahbarlik qilgan vazirlik ishida xatolarga yo‘l qo‘yildi va buning uchun javobgarlik mening zimmamda", - deb qo‘shib qo‘ydi u.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, u parlament roziligini olmasdan turib koronavirusga qarshi kurashish uchun millionlab qorako‘zanlarni qirib tashlash qarorini chiqarib xatoga yo‘l qo‘ygan.
4 noyabrda Daniya hukumati odamlar orasida koronavirusning qorako‘zanlarda mutatsiyaga uchragan shakli bilan kasallanish holatlari aniqlangandan keyin mamlakatda yetishtiriluvchi barcha qorako‘zanlarni yo‘q qilishni buyurgandi. Mahalliy fermerlar bu qarorga norozilik bildirgan, OAV esa qonun bunday qaror chiqarishga imkon bermasligini yozgandi.
Noroziliklar ortidan Daniya hukumati mamlakatdagi 15 mln bosh qorako‘zanni yo‘q qilish to‘g‘risidagi qaror loyihasini parlamentga kiritdi. 17 noyabr kuni esa parlamentdagi partiyalar ushbu qarorni qo‘llab-quvvatlagani xabar qilindi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Daniyadagi qorako‘zan yetishtiruvchi fermalarning 200dan ortiq ishchisi koronavirus yuqtirgan, 283ta fermadagi jonivorlar koronavirusga chalingan, 265ta fermada barcha jonivorlar yo‘q qilingan. Mamlakatda 1139ta ana shunday ferma faoliyat olib boradi, ularda 6000dan ortiq kishi ishlaydi. Bu fermalar jahon bozoridagi qorako‘zan mo‘ynalarining 40 foizini yetkazib beradi.
Avvalroq Ispaniya, Italiya, Niderlandiya, Shvetsiya, Gretsiya va AQShdagi qorako‘zan yetishtiruvchi fermalarda koronavirus bilan bog‘liq holatlar qayd etilgandi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uzum ta’minotchilar uchun sahifani ishga tushirdi
O‘zbekiston | 16:50
-
Kreml Trampning yangi bayonotlarini tahlil qilish uchun vaqt kerakligini qayd etdi
Jahon | 15:27
-
Migrantlarga Rossiyaga kirishda tibbiy ma’lumotnoma taqdim etish majburiyati yuklanishi mumkin
Jahon | 15:24
-
Saudiya Arabistoni 170 km uzunlikdagi osmono‘par shahar loyihasini qayta ko‘rib chiqmoqda
Jahon | 15:19
Mavzuga oid

11:21 / 09.07.2025
Daniya bosh vaziri: YeI 5 yil ichida qayta qurollanishi kerak

14:23 / 05.07.2025
Daniya O‘zbekistonda bioprotein ozuqa qo‘shimchasini ishlab chiqaradi

23:15 / 01.07.2025
Daniya ayollar uchun majburiy harbiy xizmatni qaytardi

15:23 / 01.07.2025