Kun.uz muxbirining xabar berişiça, taqdimotda loyiha jamoasi ekspeditsiya davomida iştirokçilarning qanday qilib qiyinçiliklarni yengib ötganligi, kimlarning qabrlarini topganliklari va nega uşbu film birinçi qadam ekanligini gapirib berişdi.

Ma'lum qilişiça, özbekistonlik olimlar tomonidan taşkil etilgan ekspeditsiya Farğona vodiysi hududidagi yöqolgan megalitik sivilizatsiyalarni aniqlagan. Megalitlar — bu ulkan toş inşootlari. Bu kabi tuzilmalar bizga Stounxendj misolida ma'lum. Bunday joylar juda köp bölib, ular Italiya, Ispaniya, Ozarboyjon va Özbekistonda joylaşgan.

«Bu kabi ma'lumotlarni jamlaş uçun tarix fanlari doktori Vladimir Karasyov va tarix fanlari nomzodi Konstantin Kraxmal uzoq vaqt davomida arxivlar va kutubxonalarda izlanişlar olib borişdi, boşqa madaniyatlar bilan öxşaşlik va boğliqliklarni izlaşdi», — deydi loyiha taşkilotçilari.

Megalitik inşootlarning öziga xos xususiyati şundaki, ularning qurilişida sementdan foydalanilmagan. Bunday inşootlar toş asri hali sement ma'lum bölmagan davrda yaratilgan va şu sababli, bu davr odamlari kiçik toşlardan mustahkam inşootlar qurişni bilişmagan. Inşoot mustahkam bölişi uçun esa katta toş bloklaridan foydalangan.

«Arxeolog kasbi qiziqarli bölsa-da, bugungi kunda yoşlarni öziga jalb qila olmayapti. Ha, bu ba'zida uzoq va çarçatuvçi iş böladi. Ammo bu bilan uning ahamiyati kamayib qolmaydi. U bizga turli olamlarni oçib beradi. Hissiyotli eşitilişi mumkin, lekin bu haqiqat», — deydi loyiha taşabbuskori Bexruz Xamzayev. — Kelgusida bu kabi loyihalarga yoş arxeologlarni jalb etişni rejalaştirmoqdamiz; ularga maydonda işlaş arxeologiyaning kiçik bir qismi ekanligini tuşuntiriş muhimdir. Asosiy iş boşda, topilmalarni aniqlaş va tahlil qiliş, u yoki bu predmetning vazifasini aniqlaş, yangilikni kaşf etiş jarayonida sodir böladi».

Ekspeditsiya natijalariga köra töliq metrajli hujjatli film suratga olindi. Loyiha Özbekiston milliy universiteti, Namangan viloyati hokimligi va Ziuo Forum ilm-fan va ta'lim-tarbiyani rivojlantiriş fondi tomonidan qöllab-quvvatlandi.