1997 yilda amerikalik geostrateg Zbignev Bjyezinskiy «Buyuk şaxmat taxtasi» kitobida Farğona vodiysini geosiyosiy keskinlik öçoğiga aylanişini başorat qilgan, ayrim ekspertlar esa hatto «porox boçkasi»ga öxşatgan edi. Ammo bu başorat röyobga çiqmadi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyevning matbuot kotibi Şerzod Asadov yozdi.
«Darhaqiqat, uçta mustaqil mamlakatga daxldor bu qadimiy hududda yaqin-yaqingaça şunday voqealar röy berdiki, köpçilik bu maş’um başorat haqiqatdan unçalik ham yiroq emasligiga işongandi. Ammo bugun biz butunlay boşqaça voqelikda yaşamoqdamiz. Prezident Şavkat Mirziyoyevning uzoqni köra biladigan rahbarligi, tizimli va çuqur öylangan islohotlari tufayli Farğona vodiysining uçta viloyati va uning yuragi bölmiş Andijon butunlay özgarib ketdi», deb yozdi Asadov.
Prezident matbuot kotibining ta’kidlaşiça, bugungi kunda Andijon iqtisodiy ösiş, tadbirkorlik taşabbusi, innovatsiya ruhi, intellektual taraqqiyot va madaniy tiklanişning qudratli markaziga aylangan. Bu şunday zaminki, har bir yangi loyiha kelajak poydevorini mustahkamlaydigan tamal toşidir. Bu yerda odamlar orzu qilyapti va öz maqsadiga erişyapti. Öqiyman, izlanaman, daromad topaman va boşqalarga ham daromad manbai yarataman deganlarga – keng yöl. Yangi – Bobur şahri qurilmoqda.
«Tan oliş kerak, Andijon - ilm, intiliş, mehnatsevarlik va töğri yölga qöyilgan davlat siyosati butun bir hududni naqadar özgartirib yuborişi mumkinligining yorqin namunasidir. Aholisi ziç, yer resurslari çeklangan, yaqingaça sanoati faqat Asaka zavodidan iborat bölib kelgan viloyat ahli Prezidentimiz olib borayotgan islohotlar kuçidan, yaratilgan har bir imkoniyatdan töliq, maksimal darajada foydalanyapti, har jabhada real, kundalik hayotda seziş mumkin bölgan natijalarga erişayapti. Bundan quvonsak va ibrat olsak arziydi, albatta», deb yozdi Asadov.
Uning ta’kidlaşiça, eski başoratlarni unutiş vaqti keldi. Endi uç davlat rahbarlarining sa’y-harakatlari va döstligi tufayli bugun Farğona vodiysi «porox boçkasi» emas, balki imkoniyatlar, farovonlik, tinçlik, yaxşi qöşniçilik va bunyodkorlik makoniga aylandi.
«Andijon, Farğona va Namanganga kelsak, ular ertangi kunga işonç va kuçli, adolatli davlat rahbarining e’tibori bilan xalqimiz nimalarga qodir ekanini isbotlamoqda», deb yozdi Asadov.











