Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Armanistonga hamkorlikni taklif qildi
Erdo‘g‘an Janubiy Kavkazda vaziyatni barqarorlashtirish va tinchlikni saqlash maqsadida olti mamlakat - Rossiya, Turkiya, Ozarboyjon, Eron, Gruziya va Armaniston hamkorligini taklif qildi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Armanistonni o‘zi taklif qilgan "oltilik platformasi"ga qo‘shilishga chaqirdi. Bu haqda Daily Sabah nashri yozmoqda.
"Agar Yerevan unga qo‘shilsa, sezilarli naf ko‘radi hamda Turkiya va Armaniston munosabatlarida yangi sahifa ochilishi mumkin", dedi u.
10 dekabr kuni Erdo‘g‘an Bokuda bo‘lib o‘tgan harbiy paradda ishtirok etdi. Turkiya prezidenti tashrif davomida Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi.
Erdo‘g‘an qo‘shma matbuot anjumanida Janubiy Kavkazda vaziyatni barqarorlashtirish va tinchlikni saqlash maqsadida olti mamlakat - Rossiya, Turkiya, Ozarboyjon, Eron, Gruziya va Armaniston hamkorligini taklif qildi. Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni bunday shakldagi hamkorlikka ijobiy yondashgan.
Mavzuga oid
09:45 / 15.06.2026
Armaniston sobiq prezidentiga mamlakatdan chiqish taqiqlandi
15:04 / 13.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyanni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
10:45 / 13.06.2026
Armanistonda saylov ovozlari qayta sanaldi
16:23 / 11.06.2026