Huquqşunos va bloger Xuşnudbek Xudoyberdiyev Özbekiston Konstitutsiyasiga özgartiş kiritilişi şoşma-şoşarlik bilan bölayotganiga e'tibor qaratdi.
«Xullas, 2020 yil 24 iyuldagi 6034-sonli prezident farmoni bilan 2021 yil 1 yanvardan umumyurisdiksiya sudlarini taşkil etiş haqida aytilgan edi. Ammo bunaqa özgariş bölişi uçun eng avval Konstitutsiyaga özgariş kiritilişi kerak. Ana undan keyin esa «Sudlar töğrisida»gi qonunga. Ammo yaqinda Senat raisi ta'kidlaganidek, hali Konstitutsiyaga özgariş kiritiş masalasi umuman körib çiqilayotgani yöq (ammo Qonunçilik palatasi bu masalani allaqaçon «sirli ravişda» körib bölgan).
Agar yil yakunida Senatning boşqa yalpi majlisi bölmasa, unda 1 yanvardan har qanaqasiga ham umumyurisdiksiya sudlari iş boşlamaydi. Çunki yangi sudlar taşkil qiliş, sud tizimini institutsional isloh qiliş faqat Konstitutsiyaga özgariş kiritiş bilangina amalga tatbiq qilinişi mumkin. Boşqaça variant yöq va bölişi ham mumkin emas!
Endi eng qiziğini aytsam. Amaliyotda allaqaçon umumyurisdiksiya sudlari uçun sudyalar lavozimga tayinlanmoqda. Masalan, yaqinda Toşkent şahar umumyurisdiksiya sudi raisi lavozimga tayinlangani xabar qilindi. Tasavvur qilyapsizmi, hali yöq sudga, yöq lavozimga allaqaçon rahbar tayinlanib bölindi. Iya, bu qanaqasi? Balki Konstitutsiyaga özgariş kiritilmas, balki deputatlar va senatorlar bu özgarişlarni yoqlamas, deb savol berişingiz mumkin, albatta. Ha, endi bu faqat nazariy aytilayotgan gaplar xolos. Men bu savollarga javob bera olmayman va javobini özingiz ham yaxşi bilasiz.
Xöp, tuşundik, baribir öşa özgariş böladi, baribir farmonda aytilgan umumyurisdiksiya sudlari taşkil etiladi, buni deputat yoki senatorlar qöllab-quvvatlaşi aniq, yaxşi. Lekin şu özgarişni Konstitutsiyaning hurmatini joyiga qöyib, keyin qilsa bölmaydimi?
Bu xuddi hali otasi tirik bölsa ham, lekin allaqaçon janozasiga taklifnoma çiqarib qöygan farzandlarga öxşaydi. Hali Konstitutsiya özgarmadi-ku, sal kutib tursak-çi hurmatini qilib?» – deb yozadi Xuşnudbek Xudoyberdiyev.









