
Senat axborot xizmati xabariga köra, Senat raisi Tanzila Norboyeva olib borgan majlisda Senatning öninçi yalpi majlisini 2020 yil 18 dekabr kuni çaqiriş töğrisida qaror qabul qilindi.
Videokonferensaloqa tarzida ötkaziladigan yalpi majlisda bir qator masalalar körib çiqilişi rejalaştirilgan.
“Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga özgartişlar kiritiş töğrisida”gi, “Ma'muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarga doir sud qarorlarini qayta körişning protsessual tartibi takomillaştirilişi munosabati bilan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi, “Ma'muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarga doir sud qarorlarini qayta körişning protsessual tartibi takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining Ma'muriy sud işlarini yuritiş töğrisidagi kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi, “Jinoyat işlari böyiça sud qarorlarini qayta köriş instituti takomillaştirilişi munosabati bilan Jinoyat-protsessual kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi, “Sud hujjatlarini qayta köriş instituti takomillaştirilişi munosabati bilan Iqtisodiy protsessual kodeksga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi, “Sud qarorlarini qayta köriş instituti takomillaştirilişi munosabati bilan Fuqarolik protsessual kodeksga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunlar şular jumlasidan.

Bundan taşqari, “2021 yil uçun davlat budjeti töğrisida”gi, “Budjet jarayoni takomillaştirilişi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi, “2021 yil uçun davlat budjeti töğrisida”gi qonun qabul qilinganligi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi, “Şaharsozlik kodeksini tasdiqlaş haqida”gi, “Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida”gi, “Davlat-xususiy şeriklik töğrisidagi qonunçilik takomillaştirilişi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş, şuningdek ayrim qonun hujjatlarini öz kuçini yöqotgan deb topiş haqida”gi, “Ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi, “Bojxona tartib-taomillarini soddalaştiriş va uyğunlaştiriş töğrisidagi xalqaro konvensiyaga (Kioto, 1973 yil 18 may, 1999 yil 26 iyundagi özgartirişlar bilan) Özbekistonning qöşilişi töğrisida”gi qonunlar körib çiqilişi rejalaştirilgan.
Şu bilan birga, Özbekiston davlat budjetining 2020 yil töqqiz oyidagi ijrosi muhokama qilinişi nazarda tutilgan.








