Senat raisi Tanzila Norboyeva ijtimoiy tarmoqlarda Senatning öninçi yalpi majlisida Konstitutsiyaga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş masalasi körilişi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

«Bir blogerimiz savol berganki, Oliy Majlis Senati yalpi majlisi boşlandi. Bugun «sirli» Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisidagi qonun körib çiqilişi rejalaştirilgan», deyilibdi.

Nafaqat bu blogerimiz, balki boşqa ijtimoiy tarmoqlarda ham öqidimki, kun tartibida Konstitutsiyaga özgartiriş kiritiş [masalasi bor]. Bu haqiqatga mutlaqo töğri kelmaydi. Bizning kun tartibimizda Konstitutsiyaga qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisidagi masala kiritilmagan.

Bu masala xalqimiz bilan albatta maslahat qilgan holda kiritiladi. Konstitutsiya bu juda ham jiddiy, bizning asosiy qomusimiz. Bu iş xalq bilan bemaslahat qilinmaydi. Şuning uçun men sizlarni tinçlantirmoqçiman.

Sirli degan sözga alohida urğu bermoqçiman. Özbekistonda heç narsa sirli emas. Hamma masala oçiq, oşkoralik bilan qabul qilinyapti, körib çiqilyapti, xalq bilan bamaslahat qilinyapti.

Men nafaqat qonunlarni aytmoqçiman, balki qonunosti hujjatlari ham. Hattoki, prezidentimiz qabul qilayotgan har bir farmonlari, qarorlarini ham imzo çekişdan oldin xalq bilan maslahatlaşib, ayniqsa, hududlar bilan maslahatlaşib, deputatlarimiz, jamoatçilik, ekspertlar fikrini olgandan keyingina, hattoki mahalla raislari yoki selektor majlislarida jamoatçilik vakillarining fikr-mulohazalarini söragandan keyingina imzo çekyaptilar. Buni hammangiz körib turibsiz. Ayniqsa 2020 yilda bu amaliyot Özbekistonda juda ham keng tarqaldi. Şuning uçun heç qaysi hujjat sirli qabul qilinmaydi», dedi Tanzila Norboyeva.

Eslatib ötamiz, 11 dekabr kuni Oliy Majlis Senati kengaşining majlisi bölib ötgan va unda yalpi majlis kun tartibiga kiritiladigan qonunlar röyxati tasdiqlangandi.

Senat axborot xizmati tarqatgan xabardagi röyxatda «Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga özgartişlar kiritiş töğrisida»gi qonuni ham bor edi.

Şunday bölsa-da, keng jamoatçilikka Konstitutsiyaga qanday özgariş kiritilişi haqida heç bir ma'lumot berilmagandi. Köp ötmay, deputat Rasul Kuşerbayev bu özgarişlar sud tizimida kutilayotgan taşkiliy-tuzilmaviy yangiliklar bilan boğliq ekanini