Şu kunlarda Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirusning mutatsiyaga uçragan ştammi, avvalgilariga qaraganda tezroq tarqalişi ma'lum böldi. Endigina tasdiqdan ötgan koronavirusga qarşi vaksinalarning foydasi tegadimi? Bu borada Germaniyaning Deutche Welle naşri tahliliy material tayyorladi.
Britaniyaning janubiy sarhadlarida aniqlangan koronavirusning yangi ştammi Qirollik Soğliqni saqlaş vazirligi ma'lumotlariga köra kasallikning şu paytgaça ma'lum bölgan turlariga nisbatan tezroq yuqadi. Şu kungaça minglab inson mutatsiyaga uçragan koronavirus yuqtirib olgani qayd etilgan.
Lekin Buyuk Britaniya Soğliqni saqlaş vaziri Mett Henkokning fikriça, yangi ştamm eskilariga qaraganda xavfliroq degani emas.
«Koronavirusning yangi turi paydo bölişini mamlakatda sönggi haftalarda kuzatilgan şikastlanişlar sonining keskin ortgani bilan izohlaş mumkin», deya fikr bildirgan amaldor.
Mutatsiyaga uçragan virus paydo bölişi ham aslida katta yangilik emas. Masalan, Xitoyda koronavirus ilk bor qayd etilgandan olti oyça muqaddam uning boşqa bir turi ham aniqlangandi. Yozda esa, Ispaniyada koronavirusning yangi körinişi aniqlanib, Yevropaning yarmiga tarqaldi. Çunki viruslar muttasil ravişda mutatsiyaga uçraydi. Lekin odatda ularning oqibatlari minimal darajada böladi.
Inson organizmi virus mutatsiyasiga qanday reaksiya qiladi?
Odatda inson organizmi antitanaçalar işlab çiqarib, mustaqil ravişda özini himoyalay oliş hamda infeksiya qözğatuvçi manbani mahv etiş va unga nisbatan immunitet hosil qiliş qobiliyatiga ega. Biroq qözğatuvçi manba mutatsiyaga uçrasa, organizmdagi antitanaçalar virusning eski körinişi bilan kuraşişgagina «dasturlab qöyilgan» bölsa, antitanaçalarning infeksiya bilan kuraş samaradorligi sezilarli darajada kamayadi.
Aynan şuning uçun ham biz doim şamollaş degan dardga mubtalo bölamiz. Organizmimiz ötgan safar şamollaganimizdagi infeksiyalarga qarşi antitanaçalar işlab çiqaradi, yangisiga qarşi ularning kuçi yetmaydi. Baribir vahima qiliş yaramaydi. Zero mutatsiya har doim ham virusni avvalgisidan köra kuçliroq qilib qöymaydi. Ba'zan esa, hatto mutatsiya virusni kuçsizlantirib ham qöyadi.
Viruslar mutatsiyasi qanday röy beradi?
Inson organizmi muayyan virusga qarşi antitanaçalar işlab çiqarib olganidan keyin, bu virus keyingi safar immun hujayralari uni «tanib qolmasliklari» uçun öz qobiğini özgartirib oladi. Yaşab qoliş uçun virus taşqi proteinlarini özgartirib, ştammlar hosil qiladi.

















