SSV huzuridagi Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi a'zosi, tibbiyot fanlari nomzodi Sevara Ubaydullayeva oliy ta'lim muassasalarini kasallik öçoğiga aylantirmaslik maqsadida 7 dekabr kuni qabul qilingan Soğliqni saqlaş vazirligi va Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining qöşma qarori böyiça savollarga javob berdi.

Foto: Soğliqni saqlaş vazirligi axborot xizmati

«Birinçidan, biz ta'lim jarayonlari ta'lim muassasalari xodimlari hamda talabalari uçun xavfsiz bölgan muhitda olib borilişini bosqiçma-bosqiç yölga qöyişimiz kerak. Onlayn ta'lim qançalik yaxşi bölmasin, talabalar olgan nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlaydi, buning uçun esa ular an'anaviy ta'limni davom ettirişlari lozim. An'anaviy ta'limda bir neça soat davomida bir xonada önlab talabalar va pedagog dars ötişlari kerak. Bunday holat infeksiya tarqalişini kuçaytirişi mumkin.

Ikkinçidan, yurtimizda koronavirus infeksiyasi bilan kuraşiş böyiça olib borilgan tizimli işlar natijasida vaziyatning barqarorligiga erişganimiz katta yutuq. Lekin hozirda barça yaxşi tuşunadi, AQŞ, Yevropa va MDH davlatlarida bu kasallik keskin köpaymoqda. Buning sababi esa, odamlarning karantin qoidalariga töliq rioya qilmasliklari va köpçilik bölib töplanişlari, odam gavjum joylarda himoyalanmay yurişlaridir. Tabiiyki, bu bizni yanada huşyor bölişga undaydi.

Uçinçidan, yana şuni ham unutmasligimiz kerakki, talabalar yoş, harakatçan va faol bölib, köproq odamlar bilan muloqotda bölişadi. Bu esa kasallik bir insondan boşqa insonga ötişini, OTM öqituvçilari va talabalar turar joylarida yaşaydiganlar orasida tarqalişini, şuningdek, ularning oilalarida ota-onasi yoki farzandlariga yuqiş ehtimolini kuçaytiradi.

Qöşma qarorda OTM xodimlari va talabalar uçun gidroksixloroxin va tarkibida sink mikroelementi mavjud dori vositalari sotib olinişi belgilangan. Negadir barçani doim gidroksixloroxin xavotirga soladi. Ammo dori vositalarining inson organizmiga ta'sirini bilgan şifokorlarda bunçalik kuçli rezonans uyğotmaydi. Çunki şifokor har bir dorini kimga tavsiya qiliş kerakligini biladi, tavsiya qilişdan oldin inson organizmida mavjud surunkali kasalliklar, bemor yoşi va salomatlik holatini, aynan qaysi dori mumkin yoki yöqligini töliq örganadi. Bundan taşqari, bizda bu haqda tegişli standart va protokollar ham mavjud.

Yuqoridagi qöşma qarorda ham aynan qaysi dorilarning tavsiya etilişi belgilab berilgan, rux (sink), vitamin D3 va S vitaminlari bilan bir qatorda qöşimça dori vositalari hamda şaxsiy gigiyena tartiblari kiritilgan. Şuningdek, har bir dori vositasining qöllanişi taqiqlangan holatlar ham aniq körsatib ötilgan.