Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi hamda oliy va örta maxsus ta'lim vazirlari Abduhakim Hojiboyev va Inomjon Majidov talabalar va OTM xodimlarini pandemiya davrida koronavirus infeksiyasidan himoyalaşga oid qöşma qarorni imzolagani töğrisidagi hujjat ommaga tarqatildi.
Qarorga köra, ta'minotçi korxona bölgan «Dori-darmon» AKdan profilaktika maqsadida gidroksixloroxin va sink (rux) preparatlarini xarid qiliş majburiyati belgilangan. Şu bilan birga, kasallik belgilari aniqlangan holda qöşimça dorilar asosida davolaş zarurligi bildirilgan.
Qarorning ahamiyatli jihati - unda bu preparatlarni sotib oliş uçun zarur xarajatlar OTMlarning budjetdan taşqari mablağlari hisobidan amalga oşirilişi aytilgan.
Ma'lumki, gidroksixloroxin asosli plakvenil dori vositasi böyiça köp bahs-munozaralar bölib ötdi. Bu qarordagi talabalar va xodimlarga berilişi möljallangan preparat ham aynan plakvenildir. Özbekistonda ham koronavirus pandemiyasi avj olgan iyul-avgust oylarida bu preparat bir neça marta davolaş protokoliga kiritilgan va olib taşlangan edi.
Bu dori vositasi haqida söz yuritgan Koronavirusga qarşi kuraş ştabi a'zosi Anvar Alimov gidroksixloroxin mavzusi – siyosiy masala ekanligini, ştabning yana bir a'zosi Habibullo Oqilov esa Özbekiston «Plakvenil» masalasida JSST tavsiyasiga emas, öz tajribasiga asoslanayotganini ta'kidlagandi.
Innovatsion soğliqni saqlaş milliy palatasi Tibbiy standart va protokollarni işlab çiqariş bölimi boşliği Klara Yodgorova gidroksixloroxinning samarasiz ekani haqida fikr bildirgani uçun tahdidga uçraganini ma'lum qilgandi.
Şu bilan birga, pandemiya davrida plakvenil preparati böyiça katta hajmda davlat xaridi amalga oşirilgani töğrisida ma'lumotlar bor.

















